Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
639 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Usmonnoma
#Kitob_taqdimoti
#Ibrat_maktabi

USMON NOSIR TAVALLUDINING 110 YILLIGI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Usmonnoma” nomli ikki jildlik roman-dilogiya kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida maktab direktori Zafarjon Shovrikov, shoir va publitsist Sodiq Sayhun hamda maktab kutubxonachisi Hurriyat Rahmonjonovalar tomonidan Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab yozilgan “Usmonnoma” roman-dilogiya kitobining taqdimoti tashkil etildi. Mazkur asarida muallif Nodira Rashidova tomonidan muhim hayotiy voqealar g‘oyat ta’sirchan ifoda etilgani alohida ta’kidlandi. Kitobxonlarga yangi asarni o‘qish tavsiya qilindi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_memorial_majmuasi
#Kitob_taqdimoti
#5_tashabbus

🗓 10-oktabr kuni kutubxonachi X.Rahmonjonova va tarbiyachi-pedagog G.Rahimova hamkorligida 7-"A" sinf o'quvchilari uchun
📙 "Oʼzbek tilining izohli lugʻati" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bundan koʻzlangan maqsad oʼquvchilarni oʼzbek tili qanchalik boy til ekanligiga, undagi har bir soʼz boshqa tillardan oʼzgachaligi, betakrorligi bilan ajralib turishini anglab yetishlari hamda oʻz tiliga mehr uygʻotish hisoblanadi.

🧑‍🎓 Har bir oʻquvchi katta qiziqish bilan qarshi olishdi hamda oʻzbek tilida kengroq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

📚 Reja bo'yicha kelgusida yanada koʻplab taqdimotlar tashkillab, keng o'quvchi ommasiga maʼlumotlar ulashish maqsad qilingan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Kitob_taqdimoti
#5_tashabbus

🔰 Barcha bilimlarning boshlanishi ham yakunlanishi ham kitob bilan ekanligini har zamonda ta'kid etilgan.

📚 Bugun maktab kutubxonamizga yangi keltirilgan kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

👤 Darhaqiqat, kitob o'qish insonni kamolotga yetaklaydi, uni yuksaltiradi, fikrlar aniq va ravon boʻladi.

📙 Yangi nashdagi "Gʻaznai Namangon ensiklopediyasi", "Ma'naviyat asoslar lugʻati" kabi kitoblar toʻgʻrisida oʻquvchilarga tushuncha berildi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Oʻquvchilar bilimlarini oshirish uchun shunday kitoblarni mutolaa qilish alohida ta'kidlandi.

📚 Reja bo'yicha kelgusida yanada koʻplab taqdimotlar tashkillab, keng o'quvchi ommasiga maʼlumotlar ulashish maqsad qilingan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram