Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Ibrat_instituti
#Hamkorlik

15-dekabr 2022-yil kuni Zoom onlayn platformasida orqali Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi va O‘zbekiston o'quvchilari o'rtasida "Yangi yil tarixi" mavzusida telemost konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari instituti 1-kurs talabalari hamda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi. Konferensiya "Yangi yil tarixi" mavzusida Ispaniya, Vetnam, Suriya Arab Respublikasi O‘zbekiston davlatlari o'quvchilari o'rtasida o'zaro fikr mulohazalar yuritildi. Konferensiya davomida o'quvchilar o‘zlarining boy tarixlari, urf odatlari va an’analari yuzasidan suhbat olib bordilar.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#kutubxona #hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_talim_muassasalari_agentligi

🇹🇷 Turkiyaning Anqara shahridagi 7 qavatdan iborat 🏛 Xalq kutubxonasi foto lavhalari.
🏢 Bizning ta'lim muassasalari agentligi vakillari mazkur kutubxonada bo‘lishdi.

Eslatib o’tamiz: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 2020-yil 19-20 fevral kunlaridagi tashrifi bilan 20-fevral kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etib nutq so‘zlagan edi.

To'liq ma'lumot: "O‘zbekiston va Turkiya: axborot kutubxona sohasida hamkorlikning yangi bosqichlari" maqolasida

____
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Hamkorlik
#Ibrat_maktabi

XALQARO HAMKORLIK

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda chet tillarini bilish darajasini yanada oshirish maqsadida nemis tili fani bo‘yicha 2 kun davomida trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

🤝 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Gyote Istituti PASCH tarmog‘i hamkorligida Avstriyalik yozuvchi Usr Luger va maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Dilafruz Isaqovalar tomonidan "Kreatives Schreibworkshop- Kreativ" yozish bo‘yicha trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Trening davomida o‘quvchilar nemis tilida kichik hikoyalar yaratish, yangi g‘oyalarni shakllantirishni, ijod qilish, she'r yozishni o‘rgandilar. Bu trening maktab o‘quvchilariga kelgusida ijod qilishga turtki bo‘ldi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Hamkorlik
#Namangan_Prezident_maktabi
#Ibrat_maktabi

✍️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabining o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o‘zaro fikr almashish maqsadida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabi psixologlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab o‘quvchilar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishishdi va o‘zaro fikr almashishdi. So‘ngra ikki maktab o‘quvchilari To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Qatag‘on qurbonlari Davlat muzeyi va Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi Namangan Davlat chet tillari institutiga sayohat uyushtirishdi.
#21_oktabr
#ona_tilim_faxrim
#hamkorlik

🌄 Is'hoqxon Ibrat ijod maktabida 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan ertalabki saflanishda "Nazm va navo" toʻgaragi rahbari Roxila Voxidova rahbarligida "Nazmimda ona tilim" mavzusida tadbir tashkil qilindi.

✍️ Qalamkash yoshlar ona Vatanimizni, ona tilimizni va mustaqilligimizni tarannum qiluvchi ijod namunalaridan oʻqib berishdi. Yosh avlodni ona tilimizga boʻlgan muhabbat va iftixor tuygʻularini oshirish uchun 1989-yil ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi oʻta qaltis siyosiy vaziyatda amalga oshirilgani aks ettirilgan hujjatli film namoyish etildi.

🎁 Tadbir soʻngida Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidan tashrif buyurgan bir guruh oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Hamkorlik
#Ibrat_maktabi

🌍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

🌐 Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ijod maktabida tashkil etilgan mahorat darsida Fransiyali Rim Dahmani xonim ishtirok etdi. Mahorat darsi davomida Rim Dahmani hamda ijod maktabi fransuz tili fani o'qituvchisi Valijon Mamadjonovlar tomonidan o‘quvchilarga fransuz tili metodikasidagi yangiliklar bilan tanishish, qo‘llash, tajriba almashish hamda o‘ziga ishonchni kuchaytirish kabi mashg'ulotlar olib bordi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Hamkorlik
#24_BMSM
#Ibrat_maktabi

QALBLARDAN JOY OLGAN KUYLAR

✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahar 24-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hamkorligida musiqiy konsert dasturi tashkil etildi.

🎻O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan konsert dasturida, 24-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, turli cholg‘ular bo‘limi xodimi Qosimov Azimjon boshchiligidagi “LEGENDARY VIOLINISTS” ansambli yosh iqtidorli sozandalar hamda xonandalar ijrosida turli kuy va qo‘shiqlar yangradi. Konsert dasturi yakunida ijod maktabi direktori, tarbiyachilar, pedagoglar jamoasi hamda barcha o‘quvchilar tomonidan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi #madaniyat_maktabi
#Bobobur_541_yilligi #Hamkorlik

"NAZM VA NAVO"

✍️ 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💫 Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Madaniy-ma'rifiy tadbirda sahna ko‘rinishlari, Bobur g‘azallaridan kuy, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#hamkorlik

🧾 Avval habar berganimizdek, o'zaro tuzilgan memoriandumga asosan 🇰🇷 Namangan Qirol Sejong koreys tili markazi tomonidan 3-oktyabr kunidan boshlab haftada 2 kun B1 va A1 darajasidagi sertfikatga egalik uchun koreys tili darslari tashkil etildi.

🔰 3 oy davom etadigan ushbu kursda maktabimizning koreys tili yo'nalishidagi o‘quvchilari qatnashib koreys tilini yanada chuqurroq o’zlashtirishadi.

🎫 Sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar sertifikatlarni qo’lga kiritishadi. Bundan tashqari koreys tili imtixonlariga tayyorgarlik hisoblanadi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#hamkorlik
#darslar

🇰🇷 2-noyabr kuni 7-sinf o'quvchilari koreys tili darsida Toshkent Koreya Ta'lim markazi tomonidan tashkil etilgan 한국 서예 (hankuk soye) - koreya kalligrafiyasi bo'yicha mashg'ulotga qatnashishdi.

👩‍🎨 Mashg'ulot Ta'lim markazining Namangandagi vakili Namangan IZB ("Istiqbol zamon bolalari") maktabining koreys tili fani o'qituvchisi Qo'chqarova Shahnoza tomonidan olib borildi.

🖌 Mashg'ulotning har bir qatnashchisi alohida o'zlari yoqtirgan yozuvdan foydalanib, ijodiy asarlarini yaratishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram