Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
662 subscribers
4.87K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Quvnoq_startlar
#4_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablari bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Is'hoqxon Ibrat hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun "Quvnoq startlar" nomli sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada:
1-shart. Kim tezroq?
2-shart. Kim epchil?
3-shart. Kim kuchli?
4-shart. Kim egiluvchan?
5-shart. Arqon tortish shartlari bo'lib oʻtdi,
musobaqada do'stlik g'alaba qozondi.

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
#Teatr_ibratxonadir
#Yopilish_marosimi
#4_kun

✍🏻 Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi

Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ham o‘zining “Ibrat hayoti” spektaklida yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirning yopilish marosimi so‘ngida Behbudiy siymosini – “Ibrat” teatr jamoasi badiiy rahbari Alisher Mo‘minov, Cho‘lpon siymosini – 9-sinf o‘quvchisi Timur Yunusov, Ibrat siymosini – 10-sinf Maxammatqobulov Xumoyunmurzolar gavdalantirgan bo‘lsa 10-sinf o‘quvchisi Iforabonu Olimjonova “Biz hech kimdan kam emasmiz” she’rini ijro etdi.

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Teatr_ibratxonadir
#Taqdirlash_marosimi
#4_kun

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram