Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

“Qalbdan sado”
(Erkin Vohidovga bag‘ishlov)

Bashariyat "Nido"sin ash’or etay deb,
Ona tuproq qa’ridan yasadim qalam.
Qalbim ham talpinar moziylik tomon
Qolmasin deya ko‘ksimda zig‘ircha alam.

"Oltin devor" uzra qilib g‘alayon
Yurakka o't solar "Ruhlar isyoni".
Tug'ildi "Quyosh maskani" da nogahon
Buyuk qalb mahsuli "Yoshlik devoni".

Minbarlarda sizning ulug‘ madhingiz birla
"O'zbegim" nomi ham etmoqda parvoz,
Ijodingiz o‘qib takror-u takror
Tahsinlar aytamiz, Vohidov ustoz.


Maxmudxonova Dilobar
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Ibrat_maktabi

Yana izlab
(Erkin Vohidov xotirasiga)

Yana ilhom izlab bordim Farg'ona,
Yanada ko'paydi sen uchun so'rov.
Asli anglamoqlik erur maqsadim,
Tag'in kelib ogoh etmasin birov.

Tarixim ichida ming asr pinhon,
O'zligim, o'zbegim, o'z so'zimizdir.
Balki pinhon ustoz ming yilliklarga,
"Kelajak maktub"iga eltuvchi izi.

Yana sendan so'rab bordim Farg'ona,
"Aql va yurak"ning asl egasin.
Jonajon shahri Toshkent, onajon shahar,
Sog'indi yulduzlar ichra sarasin.

Huvullab qolgandir eng shovqin Do'rmon,
Taftingizni tuyar har kirgan kishi.
Avlodlar xotiraga bitmoqda ash'or,
Xotira - muqaddas, bu - dunyo ishi.

"Yoshlik devoni"ni kezib bir zamon,
Ijod eshigiga qo'yib ilk qadam.
Izingizdan bormoq bo'lib shiorim,
Sizga she'r bitmoqqa shaylandi qalam.

Mana, ma'yus turar azim Farg'ona,
Lek ancha o'sgan-u anchayin gavjum.
Ijod-la bog'langan ko'chalari ham,
Har uydan nazmingiz kuy sochar mangu.

Bu yerga kelgandim bir elchi bo'lib,
Qo'limda ikki maktub, har biri maqtov.
Farzanding yuraklardan joy olgan ekan,
Biz uchun barhayot ERKIN VOHIDOV!

To'ychiyeva Gulyora
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

Videorolik – Erkin Vohidov she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik yo‘nalishi bo‘yicha Prezident ta'lim muassasalari agentligi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi Olimjonova Iforaning tayyorlagan videoroligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm
#Bagishlov

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

Nazm – Erkin Vohidovga bag’ishlov she’r yo‘nalishi bo‘yicha Prezident ta'lim muassasalari agentligi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11- sinf o‘quvchisi To'ychiyeva Gulyoraning tayyorlagan videoroligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Tong_nafasi_ilhomlari_tanlovi
#Nazm

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

Videorolik – Erkin Vohidov she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik yo‘nalishi bo‘yicha Prezident ta'lim muassasalari agentligi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-A sinf o‘quvchisi Mamayusupova Mubinaning tayyorlagan videoroligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Barhayot_jilolar
#Nazm

BARHAYOT JILOLAR ” ijodiy tanlovi

VideorolikHamid Olimjon she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik yo‘nalishi bo‘yicha Prezident ta'lim muassasalari agentligi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11- sinf o‘quvchisi Isoqjonova Mohinaning tayyorlagan videoroligi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Zulfiya
#Nazm

Sog'inib ...

Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Zulfiya

*
___
Veb-dizayn to'garagi a'zosi 7-sinf o'quvchisi Abduhalimova Munisa tayyorladi.

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Zulfiya
#Nazm

Bahor keldi seni so‘roqlab...

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Zulfiyaxonim

*
___
Veb-dizayn to'garagi a'zosi 7-sinf o'quvchisi Sattorova Diyora tayyorladi.

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#nazm
#oquvchilar_ijodidan

ZARDO'Z FASL

O'lkamizda kuz kezadi, kuz,
Unga boqib quvonadi ko'z,
Ta'rifiga so'z ojizdir, so'z,
Zartus-yaproq, zardo'z fasldir.

Paxtazorda a'lodir ishlar,
Yuksak xirmon dillarni xushlar,
Xalqim qutlar, xalqim olqishlar,
Kuz g'olibga zafar faslidir.

Ko'kda suzar bulutlar goh-goh,
Tomchilaydi yomg'irlar nogoh,
Quyosh tafti g'animat har chog',
Kuz ayozdan ogoh paytidir.

✍️ 7-"A" o'quvchisi Baxtiyorova Mohinurning ushbu she'ri "Shifokor va Hayot" nomli gazetaning 20-sonida chop etildi.

👏 O'quvchimizning kelgusidagi ijod va o'qishlarida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi #nazm #uquvchilar #ijodiy_ish #media

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi Maxmudjonova Maftunaning "Ona sizni yaxshi ko'raman" nomli she'ri.

🎬 Rejissor: pedagog Rahimova Go'zalxon;
🎤 Ovoz muallifi: Maxmudjonova Maftuna;
🎥 Operator: Ismoilov Sanjarbek;
🧑‍💻 Montaj ustasi: Hasanboyev Firdavsbek;

▶️ Youtube HD»

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#nazm
#tanlov

🇺🇿 O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun video rolik.

📝 Enaxon Siddiqova “Ko‘kka ko‘tarilgan alanga” she’ri.

💠 She’rni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ne’matxonova Mohlaroyim o‘qidi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram