Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
998 subscribers
6.87K photos
595 videos
18 files
2.15K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Etirof
#Taqdirlash

💫 1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida 2023-yil 28-sentabrdagi Prezident farmoniga ko'ra ta'lim va tarbiya sohasidagi bir guruh xodimlar, jumladan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi Muborakxon Sharipova "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

🏅 Taqdirlash marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov ushbu mukofotni topshirdi. Viloyat hokimi rahbari yuksak mukofot bilan taqdirlangan ustozlarni alohida tabriklab, ularning keyingi ishlari muvaffaqiyat tiladi.

👏 Ustozni bu yuksak mukofot bilan qizg'in tabriklaymiz. Kelajak avlodini tarbiyalashdek buyuk ishlarida kuch-quvvat va yangi zafarlar tilab qolamiz! Ustoz, mukofot muborak bo'lsin!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍1310🔥2🎉1
#Ibrat_maktabi
#Etirof

NAMANGANLIK IJODKOR ASARLARI AQSHDA E’TIROF ETILDI

✍️ Ko’p qirrali ijod sohibi Sodiq Sayxun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritadi. Tajribali jurnalist shoir, publisist yozuvchi sifatida ko’plab badiiy asarlar yozib, qator kitoblarini chop ettirgan.

⚡️Yangi yilning dastlabki kunlarida tabarruk 70 yoshni qarshi olgan hamkasbimiz ijodining xalqaro darajada ham e’tirof etilishi uning yubileyiga munosib tuhfa bo’ldi. Facebookda unga Amerika Qo’shma Shtatlarining Arizona Shtatida faoliyat yuritayotgan “Dunyo shoirlari” uyushmasining bir yo’la qo’sh sovrini berilgani haqida xushxabar tarqaldi. Ya’ni Sodiq Sayxun asarlari “Oltin yurak” va ”Oltin ko’prik” mukofotlariga loyiq topilgan.


Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍13🔥4👏2🆒2
#eʼtirof

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Agentlik jamoasi Dilrabo Davidovani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍311