Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5K photos
505 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Hamkorlik
#Namangan_Prezident_maktabi
#Ibrat_maktabi

✍️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabining o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o‘zaro fikr almashish maqsadida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan Prezident maktabi psixologlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab o‘quvchilar Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishishdi va o‘zaro fikr almashishdi. So‘ngra ikki maktab o‘quvchilari To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Qatag‘on qurbonlari Davlat muzeyi va Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi Namangan Davlat chet tillari institutiga sayohat uyushtirishdi.
Forwarded from Zakovat: Namangan
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida
o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yini yakunlandi.


O’yin yakunlariga ko’ra:

1. Namangan shahar prezident maktabi
2. Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktab
3. Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi


Ushbu jamoalar endilikda turnirning respublika bosqichida ishtirok etishadi.Eslatib o’tamiz, turnirning respulika bosqichida kuchli uchlikka kirgan jamoalarga esdalik sovg’alari, “Zakovat stipendiyasi” va eng asosiysi ta’limning keyingi bosqichiga to’lov kontrakti asosida imtixonlarsiz qabul kutmoqda.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_Zakovat
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar” ;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Rasman: Endilikda Oʻzbekistonda IELTS BEPUL oʻqitiladi

1000 ta GRANT ajratiladi!

Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so'm!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar shu yilning 22-oktyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
239 Буйруқ.pdf
285.8 KB
⚖️ #Huquqiy_savol_javob

Savol: Maktablarda "Kasbiy ta'lim" fani necha soat va qaysi tasdiqlangan tayanch o‘quv reja asosida o'qitiladi?

❗️Javob: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 209-sonli va 239-sonli buyrug'i huquqiy asos hisoblanadi (o'qib chiqing).

⚖️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 14-avgustdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyotini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida"gi 239-sonli buyrug‘i.

📌2-bandiga ko'ra:

🔹10-sinfda o‘rgatiladigan kasb-hunar turi qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida tanlangan bo‘lsa, bunda sinfdagi o‘quvchilar soni ikki guruh (qizlar va o‘g‘il bolalar guruhi)ga bo‘lingan holda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;

🔹10-sinfda qizlar va o‘g‘il bolalar uchun umumiy bitta kasb-hunar tanlangan bo‘lsa, bunda sinfdagi o‘quvchilar soni ikki guruhga bo‘linmagan holda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozimga
#1_oktabr_tabrigi

Aziz va mehribon ustozim Barnoxon Negmatova !

1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabriklayman!
Sizga barcha o'quvchilarimiz nomidan azim chinor umri, tog'dek matonat, metindek iroda va mustahkam sog'lik tilayman.

Hurmat bilan, Nurmatjonova Sabrina.

***

Dear and kind teacher Barnohon Negmatova!

I congratulate you on Teachers Day!
On behalf of all our students, I wish you good life, goodwill and good health.

Sincerely, Nurmatjonova Sabrina.

Vazirlik Facebook kanalida»

Youtube kanalida»
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ustozimga
#1_oktabr_tabrigi
#oquvchilar_ijodidan

USTOZIM

Ilk marta qo‘limga tutqazib qalam,
Yozish, chizishlarni o‘rgatgan sizsiz.
Men uchun qiynalib, tortib ko‘p alam,
Bilimingiz bergan mehribonimsiz.
Rahmatimdir yozgan har satrim, so‘zim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Siz men uchun mayoq ilmi ziyoda,
Martabangiz bo‘lsin bundan ziyoda,
Sizni e`zozlaymiz har dam, har onda,
Hech ham kam bo‘lmangiz ikki dunyoda.
Sizning davomchingiz bo‘laman o`zim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Onamdayin dardkash, sirdoshsiz menga,
Har bir aytgan so ‘ zingiz oltinga teng-a.
Deysiz-ku bo ‘ linglar sodiq Vatanga,
Bor kuchingiz bo‘lsin butun jon tanga.
Sizgadir hurmatim, siz-chun bor mehrim,
Doimo sog‘ bo‘ling, aziz ustozim.

Odina Rustamjonova
9-"A" sinf o'quvchisi
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, olima, fidoyi, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:
ITMA »
🔹 ona tili o'qitish metodikasi bo'yicha mustaqil tadqiqotchi;
🔹 10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma'ruzachisi;
🔹 2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
🔹 Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 ortiq maqolalari chop etilgan;
🔹 2019, 2020, 2021-yillarda namunaviy darsi viloyatda ommalashtirilgan;
🔹 2 nafar o'quvchisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashakkurnoma"sini qo'lga kiritdi;
🔹 1 nafar o'quvchi "Shuhrat medali" bilan taqdirlandi;
🔹 2019-yil “Yil o‘qituvchisi–2019” tanlovi g‘olibi;
🔹 2019-yil "Yosh kitobxon” tanlovida o‘quvchisi respublika bosqichi sovrindori;
🔹 2020-2021 yillarda o'quvchisi Mahmudova Dilobar viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
🔹 2022-2023 yillarda viloyat fan olimpiadasida o‘quvchilari I,II o‘rinni egallashdi;
🔹 2021-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan;
🔹 2021-yilda “Mustaqillikning 30-yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
🔹 2022-yilda “Konstitutsiyamiz 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
🔹 2022-yil “Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
🔹 2023-yil “Umumta’lim fanini bilish darajasi bilish to‘g‘risida” milliy sertifikat sohibi;
🔹 Ijod maktabining 6 nafar o‘quvchisi milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi;

⭐️ Ustoz-o‘qituvchimizning kelgusi faoliyatlariga yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozimga
#1_oktabr_tabrigi

1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan 7-"A" sinf o'quvchisi Rafiqjonov Akbarshohning "Ustoz - Sizga ming ta'zim" she'riy tabrigi.

Youtube FullHD»

Vazirlik Facebook kanalida»

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Xon_atlas

✍️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 4-9-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazilishi rejalashtirildi.

👉🏼Tadbirlarda faol ishtirok eting!
🌱Milliy qadriyatlarimiz asrlar osha bardavom bo‘lsin!
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili o‘qituvchisi va maktab maslahatchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa nomzodi, oliy toifali pedagog Shuhratjon Ismoiljonovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

2017-yilda Xalqaro Universitetlar reytingida yuqori o'rinda turuvchi "Wroclaw University"ning magistratura bosqichini tamomlagan;
2023-yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Fidokorligi uchun” faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan;
2020-yildan buyon maktab maslahatchisi (school counselor) hisoblanadi;
20 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar muallifi, 10 dan ortiq maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan;
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
ingliz tilidan Linguaskill C1+ xalqaro sertifikati sohibi;
ingliz tilidan CEFR C1 milliy sertifikati sohibi;
polyak tilidan CEFR B2 xalqaro sertifikati sohibi;
turk tilidan Tomer B2 xalqaro sertifikati sohibi;
20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Namangan Davlat chet tillari institutida ilmiy xodim.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸2021-yil 3 nafar o’quvchilari Koreya, Angliya va Singapur davlatlarining nufuzli oliygohlari talabalari bo’lishdi;
🔸2022-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Arizona Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” stipendiatlari bo’lishdi;
🔸2023-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Missouri Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” jamg'armasi granti sohibi bo'lishdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube