Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
654 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
⚡️ Xalqaro professional IT sertifikatga o’qib qo’lga kiritish, dunyoning yetakchi IT kompaniyalarda ishlash imkonini beradi!

🔎 Hozirda xalqaro IT-sertifikat olish uchun ta'lim olayotgan yoshlar soni 2,5 ming nafardan oshdi;

📊 Xalqaro IT-sertifikatga o'qigan 1000 ga yaqin yoshlar davlat tomonidan qo’llab quvvatlanib, jami 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq o’qish xarajatlari qoplab berildi;

📊 Yoshlar katta qiziqish bilan o'qiyotgan yo'nalishlar: - Data science (14,5 %), Full-stack-development (14 %) va Phyton (12,4%) va boshqa sertifikatlar hisoblanadi;

📊 IT ta’lim platformalari orasida eng ommaboplari COURSERA (49,9%), QWASAR (30 %), UDEMY (14,5 %) platformalaridir;

➡️ Siz ham kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo’lmoqchi bo’lsangiz, vaqtingizni bekorga sarflamang - professional IT sertifikat olish harakatini boshlang.

🚪 Xalqaro IT sertifikatlar ro'yxati –
BU YERDA.

#digital
#IT_talim
#fakt

🎚️ Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
#ibrat_maktabi
#yosh_kitobxon_tanlovi

Diqqat! TANLOV!

📔 Yosh kitobxon tanlovi (1-bosqichi) boʻlib oʻtmoqda.

🧑‍🎓 Barcha maktabimizning oʻquvchilarini tanlovda qatnashishlarini soʻrab qolamiz.

📆 Bir hafta davomida siz oʻquvchilarga Oʻtkir Hoshimovning Dunyoning ishlari asarini oʻqishinggizni tavsiya etamiz.

🕔 29.09.2023 kuni saflanishda tahlil qilinadi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#saflanish

🗓 2023-yil 22-sentabr: Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi,

👩‍🏫 Shundan so‘ng ustoz Dilafruz Isaqova hamda 11-sinf o‘quvchilari tomonidan nemis tili bo'yicha tadbir o'tkazishdi.

👨‍🎓 O'quvchilar o'z bilimlarini boshqa sinflar bilan o'rtoqlashishdi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_ikkinchi_bosqich

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga

📆 Tanlovning 2-bosqichi (suhbat) joriy yilning 22-sentabr kunidan boshlanadi.

❗️Suhbat Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn oʻtkaziladi

🗣Suhbat oʻtkaziladigan manzil, sanasi va vaqti nomzodning job2.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqami orqali xabardor qilinadi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Prezident, Ijod, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli Bayoni bilan Davlat oliy taʼlim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

Har bir xalqaro grant dasturga yoki universitetga ariza topshirayotganda so'raladigan hujjatlardan biri tavsiyanoma — recommendation letter hisoblanadi.

Bu postda tavsiyanoma nima ekani va u odatda qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL O'QISH 👈

@grantlar
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Ibrat_maktabi

✍️“Nuroniy” jamg‘armasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tashabbusi bilan Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi ijod maktabi o‘quvchilari, Isʼhoqxon Ibrat nomlidagi Namangan Davlat chet tillari instituti talabalari hamda mehnat faxriylari o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

O‘z hayotini yurt ravnaqi uchun baxshida etganlar hamisha e’zozga loyiq. Uchrashuvda ana shunday tabarruk insonlar – Odilxon Xodjayev, O‘zbekiston Qahramoni Xalchaxon Mirzayeva, “Shuhrat” medali sovrindori Muqaddasxon To‘raboyeva, “Kelajak bunyodkori” medalini olgan yosh futbol yulduzlaridan Umarali Rahmonaliyevning o‘tasi Muhammadjon Rahmonaliyevlar yoshlarga bilim va hunar egallash, aql-zakovatli bo‘lish, izlanish, intilish orqaligina orzu-maqsadlarga yetish mumkinligini o‘z umr yo‘llari misolida tushuntirib berishdi.

Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlar o‘z muvaffaqiyatlaridan misol keltirib, davra to‘ridagi hurmatli kishilardan o‘rnak olishga so‘z berdilar.