Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

24.11.2022-yil kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining” ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar-Ziyovuddin Mansur, Sodiq Sayhun, Muhammad Mirzo, Dilorom Ergasheva, Dilbar Haydarova va Ruqiya G‘oziyavalar ishtirok etishdi. Mehmonlar tomonidan sohada fidokorona mehnat qilish, katta natijalarga erishish, yuksak maqsadlar sari intilib yashash va mehnat qilishning inson hayotidagi ahamiyati atroflicha tushuntirib berildi. Tadbir davomida o‘quvchilarni fikr mulohazalari tinglandi va o‘zlarining ijodlaridan yod aytib berishdi.
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

IB mutaxassisi bilan uchrashuv

PTMA tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida IB mutaxassisi Dr. Mishel Gaddi ishtirokida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar dunyo bo'ylab ta'lim va Xalqaro bakalavriat maktablari haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishdi. Uchrashuv haqiqatdan ham ma'lumotlar bazasi bo'lib, ko‘plab o‘quvchilarni qiziqtirayotgan dunyo bo‘ylab ta’lim va kasbiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari bilan bog‘liq savollariga javoblar olishdi.

Meeting with an IB specialist

Meeting with teachers and students was held with the participation of IB specialist Dr.Michel Gaddi in Iskhakhan Ibrat Creativity school under the agency for Presidential Educational Institutions. Participants gained in-depth knowledge of education and international baccalaureate schools around the world. The meeting is truly a database of questions about continuing education and careers around the world that many readers are interested in.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7-avgust kuni Raqamlashtirish vaziri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari bilan uchrashuvidan videolavha.

#digital
#yoshlar
#uchrashuv

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

✍️“Birinchi Renessans – ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” g‘oyasi ostida Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Musohon Oppoqov ishtirok etdi va o‘quvchilar bilan Birinchi Renessans davrida davlat taraqqiyoti uchun islohotlar olib borilganligi, yangiliklar, ilm-fan namoyondalarini ezgu g‘oyalar yo‘lida birlashtirganligi tushuntiriladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy kabi buyuk ajdodlarimizning serqirra iste’dod sohiblari ijodiy merosi haqida suhbat olib borildi.

🌱
Uchrashuv davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar berildi va o‘zaro fikr almashildi.Yakunda kelgan mexmonlar tomonidan maktabi kutubxonasiga Jahon falsafasi qomusi I-II qism, Ma'naviyat asosiy tushunchalar lugʻati, Oʻzbekiston qahramonlari, Gʻaznai Namangon ensiklopediyasi kabi yigirmadan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.
#Uchrashuv
#IIB
#Ibrat_maktabi

✍️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7254 harbiy qism xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📚 O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida Ichki Ishlar Vazirligi tizimidagi 7254 harbiy qism ofitseri leytenant Jamshid Zokirov hamda harbiy qism xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish.

Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#El_yurt_umidi
#uchrashuv

STIPENDIATLAR BILAN UCHRASHUV

🇺🇿 Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandhoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiatlari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is‘hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari Arslonov Abror va ijod maktabi o'quvchilari uchun "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan tanishuv, Jamg'arma stipendiati bo'lish uchun nimalar qilish lozimligi va xorijiy universitetlarga qabul jarayonlari mavzularida taqdimot etilishi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🙋‍♂️ Taqdimotdan so‘ng o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun, taqdimotchilar:
🧑‍🎓 Arslonov Abror — University of Missouri 1-kurs talabasi;
👩‍🎓 Akramjonova Dilshoda — University of Arizona 1-kurs talabasi;

💫 Ibratli talabalarimiz o'quvchilarimizga ibrat bo'lishmoqda.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📚 Uchrashuvni shoir va publitsist Sodiq Sayhun olib bordi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, “Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali hamda “Iste’dod ziyo - press” nashriyoti rahbari, shoir Ibrohim Mahkam qatnashdilar.

She’riy san’atlar haqida bahs” mavzusida bo‘lib o‘tgan suhbatda yuqori sinf va she’riyatga qiziquvchan ijodkor o‘quvchilari qatnashdilar. Uchrashuvda o‘zbek mumtoz adabiyotini so‘z san’ati badiiy mahorati masalalari kengroq va chuqurroq tahlil etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#marifat_markazi
#uchrashuv
#Ibrat_maktabi

VILOYAT HOKIMI VA SEKTOR RAHBARLARINING YOSH O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTI

📍 20.09.2024-yil. Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”.

Muloqotda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, sektor rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yoshlar iqtidorlari, izlanishlari haqida gapirib, kelgusi rejalari va orzu-maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ular tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, shu yerning o‘zida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

⚡️Yakunda bir guruh faol o‘quvchilar qatorida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Rayhona Abdug‘aniyeva ham munosib rag’batlantirildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqish va tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, degan so‘zlari ham ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘liklarning amaldagi ifodasidir.

⚡️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo‘lib o’tgan ijodiy uchrashuv ham yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan ijodkor qizning kitob taqdimotiga bag‘ishlandi.

Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmanov, jurnalist, shoir va yozuvchilar, maktab jamoasi ishtirok etgan ma’naviyat tadbirida ta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonovaning “Subhi sabo” nomli she’rlar to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.

💫Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning bugungi intilishi, ularning erishayotgan yutuqlarini faxr bilan tilga oldilar. Yosh ijodkorning ijodiga muvaffaqiyat tilab, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimdek el ardog‘idagi shoira bo‘lib yetishishiga tilak bildirdilar.

💥Tadbirda viloyat sudi raisi tomonidan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ijod maktabi o‘qituvchilari va faol o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Yosh shoira Ifora Olimjonova hamda maktab jamoasiga badiiy adabiyotlar to’plami tuhfa qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmanov Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram