Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5.2K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#sinov

🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari  agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bitiriuvchi sinf o'quvchilaridan mahalliy OTM kirish imtixonlariga  tayyorgarliklarini diagnostika qilish maqsadida test sinovlaridan o'tkazildi.

  Test sinovlari natijalariga ko'ra o'quvchilarga yo'nalishlar va maslahatlar berildi.
___
Telegram | YoutubeFacebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Saflanish
#Yashil_makon


🗓 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 29.01.2025-yil kungi tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarni Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

🌿 Saflanish davomida 10-sinf o‘quvchisi Usmonova O‘g‘iloy tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologiya" mavzusida tayyorlagan taqdimoti ko‘rib chiqildi. Unda bugungi kunda ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha taqdimotda ko‘rsatib o‘tdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Spektakl

Teatr va spektakllar namoyishi o‘z tomoshabinlarida muayyan ijtimoiy-madaniy, axloqiy, siyosiy-mafkuraviy tuyg‘ularni va fikrlarni rivojlantirishga xizmat qiladi

🍂 31.01.2025-yil kuni Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7, 8 - sinf o‘quvchilari 9-son “Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”da Namangan viloyati Qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari tomonidan ijro etilgan “Ona tabiat va janob metall” spektaklini tomosha qilishdi. Dramaturg Nurillo Abbos asari asosida rejissyor Akmal To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur asarda ona tabiatni asrash g‘oyasi ilgari surilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Turon_yoʻlbarslari

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari оʻquvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari oʻrtasida “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

💥“Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining Namangan viloyatidagi hududiy bosqichida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining Ibrat qalqonlari” jamoasining ishtirok etgan jarayonlaridan suratlar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Milliylik

“Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz”

⚡️O‘quvchilarning milliy kiyimlarda darslarda ishtirok etishi – bu jamiyatning madaniy qadriyatlarini yoshlarga o‘rgatish va ularga o‘z xalqiga bo‘lgan hurmatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

💫 Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Dinara Yakubova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo‘lib, dars jarayonlarida ishtirok etdi. Milliylik va umuminsoniy qadriyatlarga to‘xtalinib, o‘g‘il – qizlar bilan muloqot asnosida ularning kelajakdagi maqsadlari, ta’lim – tarbiya, vatanparvarlik va g‘urur, ilm – fan borasida fikr yuritildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Ustoz Navoiy


Shuhratiga dunyo bosh egdi bu kun,
Qalamin shavqidan gulladi jahon.
Mumtoz she’riyatiga qo‘ydi tamaddun,
Go‘zal satrlari yashaydi hamon.

Ruhimni chulg‘aydi ajib hissiyot,
Qaro ko‘zin tinglagan onda.
“Xamsa”ning har so‘zi dilda yod,
O'qishadi sevib jahonda.

“Hayrat ul - abror”da yangragan sado,
Har dam biz yoshlarga komillik tilar.
Endi bu so‘zlarga qo‘shilgan holda,
Navoiy bobomga o‘xshagim kelar.

Mahsuma MAHKAMBOYEVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Navoiyni unutish bizlar uchun yot


Soat millaridek tez o‘tar yillar,
Ko‘z ochib-yumguncha o‘tdi asrlar.
Navoiy navosi yashar barhayot,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Uning har bir so‘zi durdona, hikmat,
Biz uchun me`rosi eng oliy himmat.
Qilibdi-ku rosa xalq uchun xizmat,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Ko‘p zahmat chekkandi hayot yo‘lida,
„Xamsa“ni yozganda turkiy tilida.
Ezgulik bor edi uning dilida,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Navoiy qalblarda har dam yashaydi,
Uning me`rosini yoshlar asraydi,
Bobomiz o‘gitin qalbda saqlaydi,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon
Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

🏛 04.02.2025-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Bir tahdidga besh zarba” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘Treningdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, axborot olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#milliy_sertifikat

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ona tili fanidan milliy sertifikatga tayyorlash uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etildi.

🤝 Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latov tomonidan 9-sinf o‘quvchilarini ona tili fanidan yana-da bilim va malaklarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan to‘garakda taʼlim tizimida tashkil etilgan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlash (esse yozish mahorati va test savollarini qanday to‘g‘ri yechish malakasi) maqsad qilib belgilangan. O‘quvchilar olgan bilimlarini har bir o‘tilgan bo‘limlar bo‘yicha imtihonlar olib borilmoqda.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram