Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
665 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Yangi O‘zbekiston| Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va "Yangi O‘zbekiston" universiteti faoliyatiga nazar
#uzbekiston_tv

Ushbu dasturda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli, yangi o‘quv yiliga tayyorgarliklar, talabgorlarning hujjatlaridagi o‘zgarishlar, maktablarning bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish mavzularida so‘z yuritilgan.

▶️ 05:40 Call-markaz faoliyati haqida;
▶️ 08:00 “Yangi O‘zbekiston” universiteti haqida;
▶️ 20:38 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab haqida;
▶️ 25:44 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi haqida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#imtihon_2023

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
“Ijodkor o‘quvchi-yoshlar saralanmoqda”
FOTOREPORTAJI

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida belgilangan tartibga ko‘ra birinchi bosqich sinovlari (yozma ish) yakuniga yetib, ayni paytda ikkinchi bosqich imtihoni, ya’ni nomzodlar bilan og‘zaki savol-javob o‘tkazilmoqda. Uchinchi bosqich — test sinovi esa 28, 29-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🌐 Batafsil: UzA veb sahifasida

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA.
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Ijod maktabida kirish imtihonlari
#14july #uzbekiston24

📍 Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi.

2023-yil 15-iyul kuni soat 18:00 da efirga uzatildi.

Muhbir: Xurshida AHMADJONOVA
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
#uzbekiston24

🔔 Ayni paytda umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy etish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olish bo‘yicha o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treninglar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazining malakali mutaxassislari hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning trener-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminarlar joriy yilning 15-17-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 22-24-avgust kunlari tuman va shaharlarda, 28-29-avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Markaziy studiya | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 yillik tajribalari
#my5tv

Bugungi kunda intellektual taraqqiyotni yuksaltirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida fan va ta’limni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash oldimizda turgan dolzarb va asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.

Hozirda Agentligimiz tarkibida iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash, ularni jahon andozalariga mos tarzda o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan 205 ta maktab faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan 14 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod, 182 tasi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hisoblanadi.

▶️ "MY5" telekanali tomonidan ushbu maktablarning 4 yil davomida erishgan natijalari va ta'lim tizimi haqida Agentlik mas'ullari ishtirokida maxsus lavha tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining natijalari haqida
#uzreport_tv

Joriy yilda ijod maktablaridagi 223 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 186 nafari xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ularning 15 foizi muddatidan oldin xorijiy va 85 foizi mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi;

Ular jami 5 mln 345 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi bo‘lishdi hamda 3 nafari “El yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasini qo‘lga kiritdi;

Ijod maktablari uchun chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlardan darsliklar 100 foiz mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablar darajasida ishlab chiqildi;

Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Xorijdan turk tili o‘qituvchilari jalb etildi;

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi “Zulfiya” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi;

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📝 IJOD MAKTABLARINING RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sarhisob

Milliy ta'lim | Prеzidеnt maktablarining samaradorligi,
Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi
#madaniyat

▶️ 00:46 To‘raboy Shermatov, Prezident maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

▶️ 01:48 Ma'mura Tojiboyeva, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori

▶️ 12:05 Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori

▶️ 21:58 Dilrabo Davidova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori

▶️ 29:33 Inom Xo‘jamov, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo'limi boshlig‘i

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | 2026-yilda O‘zbekiston xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi
#uzbekiston24

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

G‘olib o‘quvchilarimiz:
Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Maxsus_reportaj

ADOLAT VA MA’NAVIYAT
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati sudi tomonidan tashkil etilgan ma’naviyat va ma’rifat tadbirlari haqida maxsus reportaj

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi
#6jan #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube