Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.81K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Tabriknoma
#Konstitutsiya_30_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni ulugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Xonadoningizga tinchlik, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tinchligimiz abadiy boʻlsin!

#Ayyom_muborak

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

KIRIB KELAYOTGAN YANGI -2023-YIL BARCHA HAMYURTLARIMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrki, ziynati boʻlib kelayotgan,  barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olamning qadami qutlug' kelsin..

Qalbimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlaydigan mana shu xosiyatli bayramimiz  bilan Sizni chin dildan muborakbod etaman!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq va farovon boʻlsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navroʻzi olam barchamizga xayrli va barakali kelsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkun.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz vatandoshlar!

Sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri