Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Yuqoridagi 7 nafar o'quvchilarimizning fransuz tilidagi she'riy videoroliklari Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tanlovga yuborildi.

Albatta yuqori natijalr kutib qolamiz.
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

TASHRIF

Erta tongda ochsam ko‘zimni,
Quyosh zarnur sochib turibdi .
Subhi sabo silar yuzimni,
Sharpa qilmay bahor yuribdi.

Tabiatga kiradi chiroy,
Boshlanadi qushlar parvozi.
Bog‘imizni kezar Navro‘zoy,
Yangrar yana bulbul ovozi.

Har bir gulning bor tarovati,
Bir-biridan qolishmas sira.
Oshiq dilning yo‘q halovati
Bahor madhin shoirdan so‘ra.

Goho shovqin soladi osmon,
Daydib-daydib yig‘laydi bulut.
Jilmayadi yagona posbon,
Bari-bari bo‘ladi unut.

Erta tongda ochsam ko‘zimni
Quyosh zarnur sochib turibdi...

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

BAHOR KELDI

Bugun yangi tongdir, yangi sarguzasht,
Yangi kun, aslida, yangi bir hayot.
Oxorli tabiat : bog‘-rog‘, dala-dasht,
Ilohiy ne'matli borliq barhayot.

Olamga uyg‘onish - go‘zallik qaytar,
Quyoshni olqishlar zamin turfa rang.
Osmon elchilari chug‘urlab aytar :
Yana bahor keldi, qarangiz, qarang!

Gullar husn-u ko‘rkin tinmay ko‘z-ko‘zlar
Quvnab uchayotgan sho‘x kapalakka.
Hamma ham o‘ziga keragin izlar,
Yellar iforlarni eltar falakka.

Har yilgi har bahor behad maftunkor,
Jilva-jilolari o‘zgarmaydi hech.
Suvlarga limmo-lim soylar-u anhor,
Hayot qo‘shig‘ini kuylar erta-kech.

Bugun yangi tongdir, yangi sarguzasht...

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️ 5️⃣5️⃣5️⃣

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va Vatan oldidagi muqaddas burchini eslatib, ular qalbida shukronalik hissini kuchaytirish maqsadida “VATAN MANZUMASI” nomi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

⚡️Mazkur tanlov 2023-yilning 20-martidan 26-martiga qadar Respublika bolalar kutubxonasining “Yosh kitobxon” telegram sahifasida umumiy o‘rta ta'lim maktabining ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

⚡️Tanlov tartibi:
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni madh etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda, davomiyligi 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmagan videorolik tayyorlab @rbk_admin1 va @rbk_admin2 manziliga yuborishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

🎉Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida qatnashish uchun 7 mingga yaqin maktab ro‘yxatdan o‘tdi

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning aprel oyida, ikkinchi (viloyat) bosqichi may oyida, uchinchi (respublika) bosqichi avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil:
➡️ https://uzedu.uz/uz/news/971

————
Порядка 7000 школ зарегистрировались для участия в конкурсе на приз Президента «Лучшая школа по обучению иностранным языкам»

Районный (городской) этап конкурса планируется провести в апреле, второй (региональный) этап конкурса в мае, а третий (республиканский) – в августе текущего года.

Подробно:
➡️ https://uzedu.uz/ru/news/971

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

💐Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Dilnoza Umarova hamda 8-A sinf oʻquvchilari 21-mart Navroʻz bayrami munosabati bilan tayyorlagan video roligi.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Navruz
#Uquvchilar_ijodidan

💐 GUL TUTGUL AZIZIM

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining 21-mart Navroʻz bayramiga tayyorlagan ijodiy ishlaridan (+video).

Youtube kanalimizda »

🌺 Honanda: 9-A sinf oʻquvchisi Xusnida Rahimjonova;
🌺 Loyiha muallifi: tarbiyachi-pedagog Madina Abduhamidova;
🌺 Bastakor: Musiqa to'garagi rahbari Karimjon Nurmatov
;
🌺 Operator va montaj: Media to'garagi rahbari Botirali Boybabayev.

___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Navroz
#manaviy_tadbir

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-mart - Navro'z bayramiga bag‘ishlangan “Xush kelding bahor!” nomli ma’naviy-marifiy tadbiri o‘tkazildi (+video).

📝 Tadbir davomida maktab o'quvchilari milliy qo'shiq, raqs, lopar va she'rlardan o'z ijodiy ishlarini namoyish qilishdi.

Tadbir so'ngida o'quvchilar milliy va xalq o'yinlaridan "xo'rozlar jangi", "Lanka", "Arqon tortish", "varraklar uchishi" kabi o'yinlarda bellashishdi.

ℹ️ Tadbir tashkilotchilari: sport, CHYOT ustozlari, psixolog va pedagog-tarbiyachilar hamda milliy, badiiy va zamonaviy kasb-hunar to’garaklari rahbarlari.
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Yashil_makon

Umumxalq xayriya hashari

🌿 Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook