Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
654 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#8_mart

🌷Bahor bayramlar bilan boshlanadi. Ko'klamning ikkinchi haftasida 8 Mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonlaymiz.

💐Shu bois 06.03.2023 kuni Is'hoqxon Ibrat ijod maktabi jamoasi va o‘quvchilari tomonidan kirib kelayotgan 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o‘quvchi qizlar va ayollarga madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Namangan viloyati “Zulfizar” nomidagi bolalar kutubxonasi hamda To‘raqo‘rg‘on tuman Axborot kutubxonasidan tashrif buyurgan opa-singillarimiz ishtirok etdilar

💐Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ayollarni ulug‘lovchi she’rlar, raqslarlar, kuy va qo‘shiqlar bilan bayramona tabriklar yangradi. Tadbir davomida faol o‘quvchilar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

💐Barcha opa-singillarimizga kirib kelayotgan 8-Mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami qutlug‘ bo‘lsin!
💠Bugun,

6-mart — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan kun.

OʻQI!

Koʻzimizga koʻrinib turgan hama asboblar,
Hech biri boʻlmas edi, gar boʻlmasa, zinhor uquv.

Yer ichida koʻmilib yotgan hama oltin, kumush,
Yuzaga chiqdi bari bois anga axbor, oʻquv…

Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, oʻqi!

Qoʻy oʻyin, sayru tamoshoni, gʻanimat yoshliging.
Shum feʼllardan oʻzingii aylagil bezor, oʻqi!

Ey oʻgʻil, dunyoda boʻlmoq istasang olijanob,
Oʻqigʻil maktab kelib, zinhor oʻqi, ming bor oʻqi!

1914-yil.

🤍Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#tabrik

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchilarining 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami tabrigi (+video).

Youtube»
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!

🌺 Sizlarni go‘zal bahor kunlarida 8 mart – “
Xalqaro xotin-qizlar kuni” tabriklayman!

🌸 Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz.

💫 Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz.

Sizlarga uzoq umr, sihat -salomatlik, baxt omad tilayman. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshman.

Аkmaljon Mo‘minov
Assalomu alaykum,
Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Lobar va dilbar o‘quvchi qizlarimiz!


So‘zimiz avvalida, Siz azizlarni bahorning ilk bayrami bo‘lmish – 8 mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi nomidan chin ko‘ngildan qutlaymiz.

Sizlarga eng sara va samimiy, eng ezgu va yorug‘ tilaklarimizni izhor etib, qalbingizdagi jamiki istaklaringiz ro‘yobga chiqishini, hamisha hurmat va ehtiromda bo‘lishingizni so‘rab, o‘ylaganingizdan ortig‘i, kutganingizdan ziyodasi nasib etsin, deymiz.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
          
Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlardan 8 nafari o‘quvchilar bo‘lib, ular orasida Prezident va Ijod maktablarida tahsil olayotgan qizlarimizning borligi kishini quvontiradi.

Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan, o‘g‘il-qizlarimizga ustozlik qilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 6611 nafar o‘qituvchilarning 3142 nafari yoki 47,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etishini alohida mamnuniyat bilan aytmoqchimiz.

Qolaversa, Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktablar va Ijod maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarimiz (oddiy sinflar qo‘shilmaganda) 61975 nafar  bo‘lsa, ularning 27227 nafari ya’ni 44 foizini qizlar tashkil etishini ta’kidlash joiz, deb o‘ylaymiz.

Buyuk davlat arbobi Indira Gandining shunday gapi bor: Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz. Bu so‘zlar bejiz aytilmagan, albatta.
          
Aziz opa-singillar!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Учинчи ренессанс бунёдкорлари
#8mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⭕️⭕️⭕️

👩‍💻 O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan PEDAGOGlar diqqatiga

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
🫥 O‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi;
🫥Yetakchi mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
🫥 Xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🪪 Xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar 100% gacha ustamaga ega bo‘lishadi.

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
🫥 Bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin);
🫥
Halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
🫥 Xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni shu yil 7-martdan 16-martgacha (shu kuni ham) job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi batafsil ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
🌐 Veb-sayt: piima.uz
🚀 Telegram: t.iss.one/piimauz
🔵 Facebook: www.facebook.com/piima.uz
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ibrat_maktabi
#Sayohat

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi CHQBT rahbari H.Mamatov va psixolog A.Abdullayev, 9-8-sinf pedagog-tarbiyachilari M.Abduhamidova hamda B.Sobirjonov boshchiligida Namangan xalqaro aeroportiga sayohat uyushtirishdi.

✈️ Sayohatdan maqsad oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish, fuqaro muhofazasi va turizm sohasiga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.

🧑‍✈️ Uchuvchi, bort styuardessa, bort muhandis, dispetcher, IT mutaxassislari, maxsus agent va texnik xodimlar kasbini egallash uchun chet tillarini, yuqori texnologiya qurilmalari (AKT), psixologiya, harbiy va meditsina bilim va ko'nikmalarini egallash zarurligini tushuntirildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” QORAQALPOG‘ISTONDA

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

⚡️Joriy yil hisobidan dastlabki festival Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🪩Ushbu “Kitobxonlik festivali” 1-aprelga qadar davom etib, “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

👋Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

😀Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM