Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
⚡️Eʼlon

Joriy yilning 1-dekabr kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti va Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan oʻtgan yillar mobaynida Asosiy Qonunimizning bosib oʻtgan yoʻli xususida fikr almashish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – inson qadrini ulugʻlash, erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
#ibrat_maktabi
#tugaraklar

🏫 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Ibrat izdoshlari" ijodiy toʻgaragining bugungi mashgʻulotini "Xayr, mahzun kuz, biz seni sogʻinamiz" deb nomladik.

🍂 Toʻgarak a'zolari bilan kuzgi tabiatga sayr qildik. Keyin toʻgarak a'zolari "Kuz simfoniyasi"ni tinglagan holda ichki kechinmalarini qogʻozda tushira boshladilar...
🍁 🍁 🍁 🍁 🍁 🍁 🍁

| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Theaterworkshop
#Ibrat_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari A. Arslonov, O.Akmalova va M. Odilovalar Goethe institut hamda PASCH tarmog‘i hamkorligida “Theaterworkshop” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat drama teatrida Germaniyalik mutaxassis Workshop yetakchisi Malte C. Lachmann bilan birga tayyorlangan “Oila” mavzusidagi sahna ko‘rinishini Toshkent shahridagi nemis tili o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘quvchi va o‘qituvchilariga namoyish etishdi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yazna" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Mahorat_darslari
#Milliy_gvardiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan o‘quv-amaliy yig‘ini o‘tkazildi.

Mazkur o'quv-amaliy yig'in O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan tashkil etildi.

📍Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo'lib o'tdi.

Yig‘in ishtirokchilari universitet o‘quv-moddiy bazalari, o‘quv jarayoni, otish mashg‘uloti, jismoniy tayyorgarlik mashg‘uloti, saf tayyorgarligi mashg‘uloti, kursantlar turar joylari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, otxona hamda kamondan otish bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🟣 Yig‘in yakunida ishtirokchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uchrashuv
#Ibrat_maktabi

IB mutaxassisi bilan uchrashuv

PTMA tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida IB mutaxassisi Dr. Mishel Gaddi ishtirokida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar dunyo bo'ylab ta'lim va Xalqaro bakalavriat maktablari haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishdi. Uchrashuv haqiqatdan ham ma'lumotlar bazasi bo'lib, ko‘plab o‘quvchilarni qiziqtirayotgan dunyo bo‘ylab ta’lim va kasbiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari bilan bog‘liq savollariga javoblar olishdi.

Meeting with an IB specialist

Meeting with teachers and students was held with the participation of IB specialist Dr.Michel Gaddi in Iskhakhan Ibrat Creativity school under the agency for Presidential Educational Institutions. Participants gained in-depth knowledge of education and international baccalaureate schools around the world. The meeting is truly a database of questions about continuing education and careers around the world that many readers are interested in.