Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Jarayon

Dushanba tongi. O‘quvchilar hush kayfiyatda yangi o‘quv haftasini boshlashdi

Ota – onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz !

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Sayohat
#Baliqlikul_ziyoratgohi
#Ibrat_maktabi

Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, shuningdek, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida Baliqliko‘l ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi.

🌿 28.11.2022-yil kuni PTMA tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8, 9-sinf o‘quvchilari uchun Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan diqqatga sazovor joylaridan biri. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan “Baliqliko‘l” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar “Baliq koʻl” ziyoratgohi atrofida “Sulton Uvays Qaroniy” maqbarasi, “Bibi Naima ona” maqbarasi va “Sutli buloq” (“Sirli buloq” deb ham yuritiladi) ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishishdi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#psixologik_trening

🧘‍♂️ O‘quvchini qat’iy iroda, intizom va mas’uliyat, burch va matonat kabi fazilatlarga ega bo‘lgan mustaqil shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida “Kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan!” mavzusida psixologik trening va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

🗓 29-noyabr kuni PTMA tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev tomonidan 9-A sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan!'' mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

👥 Psixologik trening va amaliy mashg‘ulot davomida o‘quvchilardan temperamentni aniqlash testi hamda qiziqarli oʻyinlar tashkil etildi. Treningda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki faol tashabbuskori bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oya o‘quvchilar ongiga chuqur singdirildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Ibrat_maktabi
#OITS

1-dekabr ̶ "OITS"ga qarshi kurashish kuni

🗓 30.11.2022-yil kuni PTMA tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish” maqsadida shifokorlar tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.

💠 Tadbir maktab hamshirasi D. Hamraqulova tomonidan tashkil etildi. Targ'ibot ishlari To‘raqo‘rg’on tuman Salomatlik bo’limi xodimi M. Ahmadaliyeva viloyat OITSga qarsi kurash markazi shifokorlari F. Abdullayeva hamda O. Usmonovalar qatnashdilar.

🗣 Uchrashuvda OITS infeksiyasining yuqish yo'llari va undan himoyalanish, shu jumladan, zararli oqibatlari haqida tushunchalar berilib, tegishli bukletlar tarqatildi. Mutaxassislar har bir inson OIV infeksiyasi va OITS xastaligi bo‘yicha nimalardan boxabar bo‘lishi, profilaktika uchun nimalarga rioya qilinishi kerakligi xususida batafsil ma'lumot berdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |