IT-School Presidency | al-Khwarizmi
982 subscribers
916 photos
49 videos
13 files
414 links
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali.

Sahifalarimiz:
@ictschooluz
@aksa_itschool
@presidencymedia
@gpa_itschool
@ict_library
@khwarizmi_insight

Savol va takliflar: @ispresidencybot
Download Telegram
#itschool #presidency #GPA

👀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchi qizlari uchun ajoyib yangilik!

👩‍💻Qizlar, endi sizlar katta bir jamoa bo'lib, maktabimizning rivoji uchun o'z hissangizni qo'sha olasiz. O'zingizning kreativ g'oyalaringizni ro'yobga chiqara olish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz.

Qanday qilib deysizmi?

📆 Unda 25-sentabr kuni, soat 14:40da maktabimizning amfiteatrida bo'lib o'tayotgan "Girls Presidency Association" klubining ochilish tadbiriga tashrif buyuring. Ushbu uchrashuvda siz guruh sardorlari hamda klubning kelgusi rejalari bilan tanishib chiqasiz.

📌 Xalqaro tanlovlar ishtirokchilari bilan suhbatlar hamda g'oya va tajribalarni almashishga yo'l ochib beradigan ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #GPA

🏫 To the attention of female readers of the specialized school named after Muhammad al-Khwarezmi!

📚We would like to inform you that the "Bookworms club" organized by the team of Girls Presidency Association of our school has started its activity.

📖This club is organized for 7th grade schoolgirls, 10 schoolgirls who have passed the selection stage will read the selected book together and work on various creative works.

📌To become a member of the club, register through the following link . Join our club and read books together with your peers!

IT-School Presidency
#itschool #presidency #GPA #bookworms #club

👩‍🎓Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bilimdon, ilmga chanqoq o'quvchi qizlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida, maktabimizning Girls Presidency Association jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan "Bookworms club" da endi 5-6-7-sinf o'quvchi qizlari ham ishtirok eta oladilar.

📚Ushbu klubda saralash bosqichidan o'tgan 10 nafar o'quvchi qizlar, belgilangan asarni birgalikda mutolaa qiladilar va asar bo'yicha bir qator ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.

📝Klub a'zosiga aylanish uchun, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. Klubimizga qo'shiling va biz bilan birgalikda kitob mutolaa qiling!

IT-School Presidency
#itschool #presidency #GPA #bookworms #club

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil qilingan "Bookworms club" ning birinchi yig'ilishi 24-noyabr sanasida, soat 15:30 dan 16:20 ga qadar, maktabimizning kutubxonasida bo'lib o'tadi.

📝Uchrashuvda quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tgan, 5-6-7-sinf o'quvchi qizlar ishtirok eta oladilar.

IT-School Presidency
#itschool #presidency #GPA #bookworms #club

👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil qilingan "Bookworms club" 24-noyabr sanasida o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazdi.

🎙Uchrashuv davomida, klub a'zolari birgalikda bir-biridan qiziqarli bo'lgan mavzular bo'yicha suhbatlashishdi, yosh kitobxon o'quvchilar bir ovozdan o'zlari qiziqarli deb bilgan kitobni tanlab, uni mutolaa qilishni ham boshlab yuborishdi.

📚Klub a'zolariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Kitob o'qing va bo'sh vaqtingizni, sermazmun o'tkazing!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #gpa #fashion #show #Navruz

Navruz Fashion Show

🌺 Navro'z - o'zbek xalqining qadimiy va azaliy qadriyatlar bayramidir. 2024-yilning 19-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Navruz Fashion Show" tanlovi boʻlib oʻtdi.

🌹 Tanlovda bir-biridan goʻzal va nafosatli qizlar oʻzlarining liboslari bilan qatnashdilar.

🎀 Bu tadbir orqali qizlarimiz oʻzlarining modellik sohasidagi tajribalarini orttirishgan hamda ajoyib tadbirimizdan oʻzlariga juda ham katta taassurot va qiziqish qoldirdi degan umiddamiz!

IT-School Presidency | GPA
#itschool #gpa #presidency

🔥Kutib oling qizlarimiz uchun ajoyib yangilik!

🏐Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida maktabimiz qizlari uchun ajoyib volleyball musobaqasi tashkillashtirilmoqda! Agar siz volleyball oʻzingizni sinamoqchi boʻlsangiz albatta mazkur musobaqada qatnashing!

⚡️Maktabimizda GPA tomonidan uyushtirilayotgan "VOLLEYBALL GIRLS" musobaqasiga sizni taklif qilamiz!

🏆Mazkur musobaqada 7-11 sinf qizlari ishtirok etishadi. Musobaqada jamoalarni turli sinflardan tashkil etish mumkin (1 ta qatnashuvchi faqat 1 ta jamoada ishtirok eta oladi)

📍Qur'a tashlash Juma kuni 14:30 da Amfiteatrda bo'lib oʻtadi! Shanba kuni esa oʻyinlarga start beriladi.

Turnirda ishtirok etish uchun shu ro'yxatdan o'ting va g'alaba qozoning!

IT-School Presidency | GPA