IT-School Presidency | al-Khwarizmi
924 subscribers
892 photos
40 videos
13 files
400 links
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali.

Sahifalarimiz:
@ictschooluz
@aksa_itschool
@presidencymedia
@gpa_itschool
@ict_library
@khwarizmi_insight

Savol va takliflar: @ispresidencybot
Download Telegram
#RaqamliAvlod #Kibersport #ITSchool
———————-
Oʻzbekistonda Kibersport alohida sport turi deb rasman eʼlon qilindi. Shuningdek, ushbu yoʻlda turli tashabbuslar olib borilmoqda. Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida ushbu tashabbus boʻyicha "Raqamli avlod IT haftaligi" doirasida Kibersport turniri tashkil etildi.
———————-
Bugun 24-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida ushbu turnirning final bosqichi boʻlib oʻtdi. "Raqamli avlod IT haftaligida" oʻtkazilgan kibersportning CS:GO yoʻnalishi boʻyicha final bosqichda 8 ta prezident maktablari orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Al-Xorazmiy" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
———————--
IT-School Presidency
#Kibersport #ITSchool #Musobaqa
——————-
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yashnobod tumani Prokurori, To'yTepa MFY hodimlari va Muhammad al-Xorazmiy maktabi ma'muriyati tashabbusi bilan navbatdagi maktablararo kibersport musobaqasining final bosqichi o'tkazildi.
——————--
🏆Musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2ta kibersport bo'yicha terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
——————--
🥇1-o'rin Xorazmiy eSports
🥈2-o'rin Silence CST (al-Xorazmiy maktabi jamoasi)
🥉3-o'rin 145-maktab o'quvchilari
——————--
IT-School Presidency
#IT_School #KiberSport #turnir #FIFA

🏆 IT SCHOOL PRESIDENCY MUSOBAQASI
———————
🎮 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT School Presidency” tomonidan kibersportning “FIFA 2023" o'yini bo’yicha musobaqani qarshi oling.

📝 Musobaqa maktabimizning 7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tadi. G'olib o'quvchilar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Qiziqib qoldingizmi? Unda ro'yxatdan o'ting va o'z kuchingizni sinab ko'ring. Ro'yxatdan o'tish

📅 Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarni 15-may kuni soat 14:30 da maktabimiz kibersport xonasida kutib qolamiz.
———————
IT-School Presidency