"Bugun IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqat dasturlash tillarini bilish yetarli emas" — Maxliyo MUKSINOVA
Ayni paytda O‘zbekistondagi IT-ta’lim holatini qanday baholaysiz? Birinchi navbatda nimalarni o‘zgartirish yoki yaxshilash kerak, deb o‘ylaysiz?
Eng avvalo, amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etish hamda talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekistonda IT-ta’lim jadal rivojlanish va institutsional mustahkamlanish bosqichida turibdi. Davlat tomonidan IT-mutaxassislar tayyorlashga katta investitsiyalar kiritilmoqda, yangi ta’lim muassasalari ochilmoqda, xalqaro standartlar joriy etilmoqda hamda yoshlar orasida raqamli savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda:
● 110 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida IT-yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi;
● Taxminan 46 000 nafar talaba ushbu muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olmoqda;
● IT Park ekotizimida 517 dan ortiq ta’lim sohasidagi rezidentlar ro‘yxatdan o‘tgan;
● Ushbu akademiyalarda har yili 40 000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz tashabbusi bilan, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati ko‘magida va xalqaro IT-kompaniyalar hamda ta’lim platformalari bilan hamkorlikda “Bir million o‘zbek dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu loyihada bugungi kunga qadar 2,5 milliondan ortiq inson ta’lim olgan, ular orasida taxminan 1,2 million nafarini maktab o‘quvchilari va talabalar tashkil etadi.
2022-yili loyihaning ikkinchi bosqichi Coursera xalqaro ta’lim platformasi bilan hamkorlikda boshlangan. Ayni paytga kelib, ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 milliondan oshdi, va 500 ming nafardan ziyod foydalanuvchi kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi.
IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilgan loyiha doirasida yaratilgan “Kelajak kasblari atlasi”dan
#KasblarAtlasi #EkspertFikri #ITdaKelajak
Men O‘zbekistonda IT ta’limining rivojlanishini bir necha yildan beri kuzatib kelaman va ishonch bilan ayta olaman: mamlakatimiz to‘g‘ri yo‘lda. Biz jadal o‘sish davrini boshdan kechirmoqdamiz — bu davrda davlat ko‘magi, xalqaro hamkorliklar va yoshlarning yuqori qiziqishi bir nuqtada to‘qnash kelmoqda. Ammo bu o‘sish bilan birga yangi chaqiriqlarni ham yuzaga keltirmoqda.
Mening fikrimcha, ayni paytda talabalar uchun amaliy tayyorgarlikka, o‘quv dasturlarining zamonaviyligiga va moslashuvchan ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Chunki hozirgi IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqat dasturlash tillarini bilish yetarli emas. Bugungi kunda jamoada ishlash, moslashish, tanqidiy fikrlash va eng muhimi — har kuni o‘rganishga tayyor bo‘lish kabi ko‘nikmalar talab qilinadi.
2030-yilga kelib, O‘zbekistondagi IT mehnat bozori sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, big data va DevOps yondashuvlarini mukammal egallagan mutaxassislarni talab qiladi. Ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish esa ustunlik emas, balki majburiy standartga aylanadi.
Bugungi kunda ham kompaniyalar texnologiyalarni bilish bilan birga samarali muloqot qila oladigan va global kontekstni tushunadigan mutaxassislarni mamnuniyat bilan ishga olishmoqda.
Men ishonamanki, O‘zbekistonda yoshlarning IT sohasida o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun noyob imkoniyatlar yaratilmoqda.
Eng asosiysi — boshlashdan cho‘chimang, harakat qiling va doimiy rivojlaning. Umid qilamanki, mening javoblarim maktab o‘quvchilari, talabalar va ularning ota-onalari uchun bu imkoniyatlar olamida to‘g‘ri yo‘lni tanlashda foydali bo‘ladi.
Ayni paytda O‘zbekistondagi IT-ta’lim holatini qanday baholaysiz? Birinchi navbatda nimalarni o‘zgartirish yoki yaxshilash kerak, deb o‘ylaysiz?
Eng avvalo, amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etish hamda talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekistonda IT-ta’lim jadal rivojlanish va institutsional mustahkamlanish bosqichida turibdi. Davlat tomonidan IT-mutaxassislar tayyorlashga katta investitsiyalar kiritilmoqda, yangi ta’lim muassasalari ochilmoqda, xalqaro standartlar joriy etilmoqda hamda yoshlar orasida raqamli savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda:
● 110 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida IT-yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi;
● Taxminan 46 000 nafar talaba ushbu muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olmoqda;
● IT Park ekotizimida 517 dan ortiq ta’lim sohasidagi rezidentlar ro‘yxatdan o‘tgan;
● Ushbu akademiyalarda har yili 40 000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz tashabbusi bilan, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati ko‘magida va xalqaro IT-kompaniyalar hamda ta’lim platformalari bilan hamkorlikda “Bir million o‘zbek dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu loyihada bugungi kunga qadar 2,5 milliondan ortiq inson ta’lim olgan, ular orasida taxminan 1,2 million nafarini maktab o‘quvchilari va talabalar tashkil etadi.
2022-yili loyihaning ikkinchi bosqichi Coursera xalqaro ta’lim platformasi bilan hamkorlikda boshlangan. Ayni paytga kelib, ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 milliondan oshdi, va 500 ming nafardan ziyod foydalanuvchi kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi.
IT Park Uzbekistan Xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktor Maxliyo MUKSINOVA

❤🔥2🔥2👍1