Какие IT-профессии будут востребованы в Узбекистане в ближайшие 5–10 лет, и почему?
💡 Ответы — на Форуме по цифровому будущему страны!
📢 Дорогие друзья!
Уже 21 июля в здании Министерства цифровых технологий состоится Форум по развитию IT и цифрового образования в Узбекистане — место, где встречаются идеи, тренды и решения для будущего.
Что вас ждет:
🔎 Мы провели масштабное исследование:
🟢 измерили цифровую грамотность населения,
🟢 изучили рынок труда,
🟢 определили ТОП-45 IT-профессий будущего,
🟢 и собрали всё это в яркий и понятный «Атлас IT-профессий».
🎤 А на Форуме вы узнаете:
✅ Какие профессии принесут успех в цифровую эпоху
✅ Как изменится образование в ближайшие годы
✅ Как работает новая платформа DigiSurvey.uz
✅ Что советуют ведущие эксперты IT Park, RTRM, AlmaU
✅ Как школьникам, студентам и взрослым найти своё место в IT
✅ И, конечно, будут: гайды, мини-игры, стартап-зоны и нетворкинг!
⌛️ Дата: 21 июля 2025
🕘 Время: 09:00 – 13:00
📍 Место: Министерство цифровых технологий (ул. Ибрагима Муминова, 4)
🎟 Вход свободный по регистрации
👉 Зарегистрироваться
🚀 Не упустите шанс узнать, что ждет рынок и образование завтра — начните сегодня!
Уже 21 июля в здании Министерства цифровых технологий состоится Форум по развитию IT и цифрового образования в Узбекистане — место, где встречаются идеи, тренды и решения для будущего.
Что вас ждет:
🕘 Время: 09:00 – 13:00
🎟 Вход свободный по регистрации
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Google Docs
IT va raqamli ta'lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi loyihasiga bag'ishlangan forumga ro'yxatdan o'tish
🔥2
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham yuqori maqsad qo’yib, o’z startapingizni rivojlantiring! Bu jarayonda 1,3 million yevro xalqaro investitsiya jalb qilgan o‘zbek startapi - TASS Vision tajribasini o’rganish Siz uchun foydali bo’lishi aniq.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, IT va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar tufayli, iqtidorli yoshlar xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishmoqda.
Shulardan biri - TASS Vision. Kompaniya 1,3 million yevro xalqaro investitsiya jalb qildi. Yaqinda Chexiyalik Purple Ventures fondi 500 ming yevro sarmoya kiritib, startapga investitsiya kiritgan birinchi Markaziy Yevropa investori bo‘ldi.
Kompaniya sun’iy intellekt yordamida savdo nuqtalarini tahlil qiladi. Hozirda 10 ta mamlakatda 2000 dan ortiq do‘konda faoliyat yuritmoqda.
“Eng oliy maqsadim: IT afsonasi bo‘lib, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirgan va milliardlab odamlarga yordam bergan shaxs sifatida tarixda qolish”, - degan edi bir yil avval Shahzod Umirzoqov, TASS Vision asoschisi.
Har qanday muvaffaqiyat aniq maqsad va unga bo‘lgan sadoqat bilan boshlanadi.
https://startupbase.uz

🔥5👍1
Bu Atlas — keng miqyosdagi tadqiqotlar asosida yaratilgan noyob kitob bo‘lib, o’sib borayotgan yosh avlodni IT-kasblarni o’zlashtirishga ilhomlantirish va kelajakdagi istiqbolli kasblarga yo‘naltirishga qaratilgan.
Shuningdek Forum davomida siz:
Shuningdek:
#KasblarAtlasi #RaqamliKelajak #ITKasblari #KelajakKasblari #DigitalUzbekistan #ITForum2025 #DigiSurvey
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
IT ta’lim Uyushmasi "Cyber Camp" yozgi o'quv-oromgohi uchun mentorlarni ishga qabul qiladi
📖 IT ta'lim uyishmasi "Muhammad al-Xorazmiy vorislari loyihasi" doirasida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan yozgi o'quv-oromgohi mashg'ulotlari uchun bir necha yo‘nalish bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.
✅ Mentorlikka talablar:
✅ Talab qilinadigan malaka va ko‘nikmalar:
➡️ O‘quvchilar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️ Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️ Tahliliy ko‘nikmalar.
🔥 Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.
⏳ Arizalar 21-iyulga qadar qabul qilinadi.
➡️ Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/zxKwifP5b9Kgmq5FA
➡️ Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;➡️ Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;➡️ Front-end - foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, zamonaviy veb-texnologiyalar (HTML5, CSS3, JavaScript) va kutubxonalar (React.js, Vue.js, jQuery) bilan ishlash tajribasi. Adaptiv va responsiv dizayn yaratish, foydalanuvchi tajribasini (UX) yaxshilash, UI komponentlarini yaratish va optimallashtirish, brauzerlararo moslikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar. Git, Figma, Webpack, REST API bilan integratsiya, hamda SEO asoslari va veb-ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba.➡️ Back-end - server tomonlama dasturlash bo‘yicha asosiy bilim va amaliy tajriba, jumladan PHP, Java yoki Python dasturlash tillaridan biri (yoki bir nechtasi) bilan ishlash. Ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya (MySQL, PostgreSQL), RESTful API yaratish va integratsiyalash, autentifikatsiya va avtorizatsiya tizimlari, foydalanuvchi ma’lumotlarini xavfsiz saqlash, hamda serverning barqaror va tez ishlashini ta’minlash bo‘yicha tajriba. MVC arxitekturasi, Laravel yoki Django kabi frameworklar bilan ishlash ko‘nikmalari, shuningdek Git orqali versiyalarni boshqarish.➡️ DevOps - dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ishga tushirish jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish bo‘yicha amaliy bilim va tajriba. CI/CD (Continuous Integration/Continuous Deployment) jarayonlarini tashkil qilish, Git, GitHub Actions, Jenkins kabi vositalar bilan ishlash, Docker va konteynerizatsiya texnologiyalari, shuningdek, Linux muhitida skriptlar yozish va tizimni boshqarish. Monitoring va log tahlili (Prometheus, Grafana, ELK Stack), bulut texnologiyalari (AWS, Azure, yoki Google Cloud) bilan ishlash asoslari, xavfsizlikni ta’minlash va tizimlarning barqaror ishlashini kuzatish bo‘yicha tajriba.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
IT Education Association
Keyingi 5–10 yilda O‘zbekistonda qaysi IT-kasblar eng talabgir bo‘ladi va nima uchun? 💡 Javoblar — 21-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Raqamli kelajak forumida! 📢 Hurmatli do‘stlar! Sizni 21-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
IT Education Association
Keyingi 5–10 yilda O‘zbekistonda qaysi IT-kasblar eng talabgir bo‘ladi va nima uchun?
💡 Javoblar — 21-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Raqamli kelajak forumida!
📢 Hurmatli do‘stlar!
Sizni 21-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan…
💡 Javoblar — 21-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Raqamli kelajak forumida!
📢 Hurmatli do‘stlar!
Sizni 21-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan…
🔥6👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bor insonlar texnologiyalardan ikki baravar ko’p foydalanadi
Abdulla Abduhalilov Nogironlar associasiyasi raisi o’rinbosari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤🔥2
TADQIQOT: O‘ZBЕKISTONDA 97% AHOLI RAQAMLI KO‘NIKMALARNI MUVAFFAQIYAT KALITI DЕB HISOBLAYDI
21-iyul kuni O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirish, IT ta’limni rivojlantirish va kelajak kasblariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida "IT va raqamli ta’limni rivojlantirish forumi" tashkil etildi.
Forum doirasida sohadagi eng dolzarb masalalar muhokama qilinib, yangi tadqiqot natijalari e’lon qilindi.
Forum “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi” loyihasining natijalariga bag'ishlangan bo'lib, O‘zbekistonning raqamli ta’lim va IT sohasidagi ishchi kuchini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbusning bir qismidir.
Loyihaning asosiy maqsadlari O‘zbekistonda IT va raqamli savodxonlikni oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar – jumladan, yoshlar, qishloq aholisi, ayollar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar vakillarining IT ko‘nikmalari darajasini aniqlash.
IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sari bosqichma-bosqich harakat qilish jarayonida aholining raqamli savodxonligini oshirish va IT sohasida sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
👉 Batafsil: https://www.digisurvey.uz/uz/news/7
📩 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 🌐 LinkedIn

👍8🔥5👨💻1🫡1
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim” loyihasi ishga tushadi
#22july
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
#22july
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍4🔥3
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BARCHA TANISHLARGA TARQATING: MyGov.uz ilovasi orqali bepul taqiqlab qo'ysangiz, Sizning nomingizga birov ruxsatsiz kredit rasmiylashtira olmaydi!
Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishidan xavotirdamisiz? Endi bu xavfning oldini olish juda oson:
1) GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz.
2) MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz.
3) "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmati ( https://my.gov.uz/uz/service/1242 )ni tanlaysiz va faollashtirasiz.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!
❗️Ushbu xizmatni faollashtirib qo’ysangiz, Sizning nomingizga hech kim kredit rasmiylashtira olmaydi.
Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
👉 Ushbu muhim xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmani ko'rib, o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlikdan himoya qiling!
▶️ https://youtu.be/Vh39ZypODT8

🔥4
Forwarded from Digital.uz
➡️ Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda va sun’iy intellekt sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, davlatlar o‘rtasidagi ilmiy-texnik tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi birinchi ixtisoslashtirilgan platforma sifatida o‘tkaziladi.
Forum dasturida:
— Mavzuga oid panel muhokamalari,
— Biznes uchrashuvlar va tajriba almashinuvi,
— Samarqand shahrida madaniy tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
"Bugun IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqat dasturlash tillarini bilish yetarli emas" — Maxliyo MUKSINOVA
Ayni paytda O‘zbekistondagi IT-ta’lim holatini qanday baholaysiz? Birinchi navbatda nimalarni o‘zgartirish yoki yaxshilash kerak, deb o‘ylaysiz?
Eng avvalo, amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etish hamda talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekistonda IT-ta’lim jadal rivojlanish va institutsional mustahkamlanish bosqichida turibdi. Davlat tomonidan IT-mutaxassislar tayyorlashga katta investitsiyalar kiritilmoqda, yangi ta’lim muassasalari ochilmoqda, xalqaro standartlar joriy etilmoqda hamda yoshlar orasida raqamli savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda:
● 110 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida IT-yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi;
● Taxminan 46 000 nafar talaba ushbu muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olmoqda;
● IT Park ekotizimida 517 dan ortiq ta’lim sohasidagi rezidentlar ro‘yxatdan o‘tgan;
● Ushbu akademiyalarda har yili 40 000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz tashabbusi bilan, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati ko‘magida va xalqaro IT-kompaniyalar hamda ta’lim platformalari bilan hamkorlikda “Bir million o‘zbek dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu loyihada bugungi kunga qadar 2,5 milliondan ortiq inson ta’lim olgan, ular orasida taxminan 1,2 million nafarini maktab o‘quvchilari va talabalar tashkil etadi.
2022-yili loyihaning ikkinchi bosqichi Coursera xalqaro ta’lim platformasi bilan hamkorlikda boshlangan. Ayni paytga kelib, ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 milliondan oshdi, va 500 ming nafardan ziyod foydalanuvchi kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi.
IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilgan loyiha doirasida yaratilgan “Kelajak kasblari atlasi”dan
#KasblarAtlasi #EkspertFikri #ITdaKelajak
Men O‘zbekistonda IT ta’limining rivojlanishini bir necha yildan beri kuzatib kelaman va ishonch bilan ayta olaman: mamlakatimiz to‘g‘ri yo‘lda. Biz jadal o‘sish davrini boshdan kechirmoqdamiz — bu davrda davlat ko‘magi, xalqaro hamkorliklar va yoshlarning yuqori qiziqishi bir nuqtada to‘qnash kelmoqda. Ammo bu o‘sish bilan birga yangi chaqiriqlarni ham yuzaga keltirmoqda.
Mening fikrimcha, ayni paytda talabalar uchun amaliy tayyorgarlikka, o‘quv dasturlarining zamonaviyligiga va moslashuvchan ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Chunki hozirgi IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun faqat dasturlash tillarini bilish yetarli emas. Bugungi kunda jamoada ishlash, moslashish, tanqidiy fikrlash va eng muhimi — har kuni o‘rganishga tayyor bo‘lish kabi ko‘nikmalar talab qilinadi.
2030-yilga kelib, O‘zbekistondagi IT mehnat bozori sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, big data va DevOps yondashuvlarini mukammal egallagan mutaxassislarni talab qiladi. Ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish esa ustunlik emas, balki majburiy standartga aylanadi.
Bugungi kunda ham kompaniyalar texnologiyalarni bilish bilan birga samarali muloqot qila oladigan va global kontekstni tushunadigan mutaxassislarni mamnuniyat bilan ishga olishmoqda.
Men ishonamanki, O‘zbekistonda yoshlarning IT sohasida o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun noyob imkoniyatlar yaratilmoqda.
Eng asosiysi — boshlashdan cho‘chimang, harakat qiling va doimiy rivojlaning. Umid qilamanki, mening javoblarim maktab o‘quvchilari, talabalar va ularning ota-onalari uchun bu imkoniyatlar olamida to‘g‘ri yo‘lni tanlashda foydali bo‘ladi.
Ayni paytda O‘zbekistondagi IT-ta’lim holatini qanday baholaysiz? Birinchi navbatda nimalarni o‘zgartirish yoki yaxshilash kerak, deb o‘ylaysiz?
Eng avvalo, amaliyotga yo‘naltirilgan tayyorgarlik, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etish hamda talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekistonda IT-ta’lim jadal rivojlanish va institutsional mustahkamlanish bosqichida turibdi. Davlat tomonidan IT-mutaxassislar tayyorlashga katta investitsiyalar kiritilmoqda, yangi ta’lim muassasalari ochilmoqda, xalqaro standartlar joriy etilmoqda hamda yoshlar orasida raqamli savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda:
● 110 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida IT-yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi;
● Taxminan 46 000 nafar talaba ushbu muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tahsil olmoqda;
● IT Park ekotizimida 517 dan ortiq ta’lim sohasidagi rezidentlar ro‘yxatdan o‘tgan;
● Ushbu akademiyalarda har yili 40 000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz tashabbusi bilan, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati ko‘magida va xalqaro IT-kompaniyalar hamda ta’lim platformalari bilan hamkorlikda “Bir million o‘zbek dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu loyihada bugungi kunga qadar 2,5 milliondan ortiq inson ta’lim olgan, ular orasida taxminan 1,2 million nafarini maktab o‘quvchilari va talabalar tashkil etadi.
2022-yili loyihaning ikkinchi bosqichi Coursera xalqaro ta’lim platformasi bilan hamkorlikda boshlangan. Ayni paytga kelib, ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 milliondan oshdi, va 500 ming nafardan ziyod foydalanuvchi kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ldi.
IT Park Uzbekistan Xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktor Maxliyo MUKSINOVA
IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilgan loyiha doirasida yaratilgan “Kelajak kasblari atlasi”dan
#KasblarAtlasi #EkspertFikri #ITdaKelajak
🔥2❤🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya bu men uchun yorug‘lik!
Mirali G‘iyosov — filolog, o‘qituvchi va ko‘zi ojizlar uchun eng yirik audiokitob platformasi asoschisi.
⠀
Mirali yosh bo‘lishiga qaramay, ilm, inklyuziya va raqamli texnologiyalar yo‘lida katta yutuqlarga erishgan.
Ushbu videoda u nafaqat o‘zining hayot yo‘li va faoliyati balki nogironligi bor insonlarning texnologiya sohasida duch kelayotgan muammolari haqida ham gapirgan.
⠀
Bu suhbat — imkoniyatlar va har qanday to‘siqni yengish haqida!
📹 To'liq suhbat: https://www.youtube.com/watch?v=4mIB1kmrm-s
Mirali G‘iyosov — filolog, o‘qituvchi va ko‘zi ojizlar uchun eng yirik audiokitob platformasi asoschisi.
⠀
Mirali yosh bo‘lishiga qaramay, ilm, inklyuziya va raqamli texnologiyalar yo‘lida katta yutuqlarga erishgan.
Ushbu videoda u nafaqat o‘zining hayot yo‘li va faoliyati balki nogironligi bor insonlarning texnologiya sohasida duch kelayotgan muammolari haqida ham gapirgan.
⠀
Bu suhbat — imkoniyatlar va har qanday to‘siqni yengish haqida!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Forwarded from Digital.uz
2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?
Agar siz kelajagingizni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu ochiq muloqot aynan siz uchun tashkil etilmoqda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3