Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar ️
1.4K subscribers
11.7K photos
1.42K videos
172 files
4.89K links
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari

@Alek1111 - Lavha joylash
Download Telegram
#_Oltiariq_tumani
#29_maktab

18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Muqaddassan- yurtim bayrog‘i" deb nomlangan tantanali tadbirda 3-A,6-A sinf o‘quvchilari ishtirok etib, Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonuni haqida ma’lumotlar, epizodlar namoyish etdilar.
Qiziqarlik o‘zbek-ingliz tillarida viktorina savollari tashkillanib, o‘quvchilar bilimlari sinovdan o‘tkazildi. G‘olib o‘quvchilar munosib taqdirlandilar. She’rlar kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi.

Tadbir fan o‘qituvchilari:S.Mamatqulov, Y.Qunduzova, X.Ergashaliyeva, U.Azimovalar hamkorligida tashkil etildi.
#Oltiariq_tumani
#29_maktab

2024-yil 6-dekabr kuni 6-10 sinf o‘quvchilari o'rtasida "Yoshlar va qonun" mavzusida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi. Tanlovda o'quvchilar o'z huquqiy bilimlarini namoyish etib, baxtimiz qomusi bo'lgan - Konstitutsiyamizning qay darajada bilimdonlari ekanliklarini, asosiy qonunga munosobatlarini bildirdilar. Tadbirga ustozlar va 100 dan ziyod o'quvchilar qatnashdi. G'olib guruhlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Koordinator :Y. Qunduzova

Tanlov tashkilotchisi: S. Mamatqulov
#Oltiariq_tumani
#29_maktab

2024-yil 6-dekabr kuni 3-"A" sinf o'quvchilari o'rtasida "Mening huquq va majburiyatlarim" mazvzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar o'z huquqiy bilimlarini namoyish etib, baxtimiz qomusi bo'lgan - Konstitutsiyamizning qay darajada bilimdonlari ekanliklarini, asosiy qonunga munosobatlarini bildirdilar. Tadbirga ustozlar va 57 nafar o'quvchi qatnashdilar.

Tadbirni tashkilotchisi, sinf rahbari: H. Ergashaliyeva