Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11K subscribers
4.28K photos
1.12K videos
4 files
2.39K links
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy telegram kanali

Web-site: https://taplink.cc/dinqumita

Manzil: Toshkent sh, A.Navoiy-12. 100011

Call center: 71 200 58 88

E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Haj_2024
#Makka

🕋 MAKKAGA YETIB KELGAN ILK ZIYORATCHILAR KATTA EHTIROM BILAN KUTIB OLINDI


📆 Bugun, 26-may kuniHaj – 2024” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldilar.

☪️ Bo’lajak hojilarimiz Ishchi guruhi rahbarlari, hamkor shirkat vakillari va boshqa mutasaddilar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.

🏙️ Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashildi.

🔹Endilikda Tamattuʼ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalini bajarishga hozirlik koʻrmoqdalar.


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2024
#Makka

Soha rahbarlari tomonidan mehmonxonalardagi sharoitlar o'rganildi


📆 Kuni kecha, 2-iyun kuni soha rahbarlari tomonidan Makka shahrida yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonalarga tashrif amalga oshirilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida boʻlgʻusi hojilar bilan muloqot qilindi.

🏙 Mehmonxonalardagi xizmat koʻrsatish sifati, oshxona holati, tibbiyot markazi faoliyati, xonalar sigʻimi va ozodaligi koʻzdan kechirildi.

🍽 Ishchi guruhi va mehmonxonalar masʼullariga ziyoratchilarga munosib xizmat koʻrsatish, barcha ehtiyojlarini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

🔹 Tanishish chogʻida mazkur mehmonxonalarda istiqomat qilayotgan ziyoratchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularning haj ibodatiga tayyorgarliklari, taqdim etilayotgan shart-sharoitlar borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.


➡️ BATAFSIL: https://gov.uz/religions/news/view/13059/

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мусулмонлар идораси раиси, муфтий шайх Нуриддин Холиқназар билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с председателем Управления мусульман, муфтием шейхом Нуриддином Холикназаром.

#Mirziyoyev #muloqot #muftiy #Haj

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2024
#Munosabat

SAMIMIY E'TIROF VA TASHAKKURLAR


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2024

⚡️XABARNOMA

‼️ Eslatib o‘tamiz, Saudiya huquq tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan reydlar natijasida noqonuniy ravishda Haj ibodatini amalga oshirishga uringan shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi va deport qilinadi.


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2024

Ziyoratchilar bilan muloqot qilinib, sharoitlar ko'zdan kechirildi


🔹 Soha rahbarlari tomonidan Makka shahrida ziyoratchilar istiqomat qilayotgan “Al-Ayyam Elite”, “Abraj al-Dana”, “Dali Hotel”, “Open Hotel”, “Shueae Hotel”, “Najm Al Saad” va “Ayed Al Saha” mehmonxonalaridagi shart-sharoitlar batafsil oʻrganildi.

🍽 Tanishish davomida ziyoratchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasi, xonalar shinam va ozodaligi, joylashgan oʻrinlar, oshxonalarning sigʻimi, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, transport xizmatlarining uzluksizligiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔸 Oʻrganishlar chogʻida hamyurtlarimiz bilan suhbat qilib, ibodatlarni bekamu koʻst ado etishlari uchun hozirlangan qulayliklar borasidagi fikr-mulohazalarini tingladi.

📌 Yakunda ishchi guruhi, ellikboshilar va shifokorlar jamoasiga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.


➡️Batafsil: https://gov.uz/religions/news/view/13725/

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2024

Mino va Arafot vodiylari ziyoratchilarni kutib olishga tayyor


📍Shu kunlarda 15 mingdan ziyod oʻzbekistonlik ziyoratchilar Makkai mukarramadagi mehmonxonalardan haj ibodatining asosiy amallarini bajarish uchun Mino vodiysiga yoʻl oladilar.

🔹Taʼkidlash joizki, bugungi kungacha Oʻzbekiston ishchi guruhi vakillari tomonidan ziyoratchilarimiz ulugʻ ibodatni bekamu koʻst ado etishlari uchun Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylarida barcha shart-sharoitlar toʻliq tayyor holatga keltirilgan.

🔸Shuningdek, barcha sharoitlarga ega tibbiyot markazlari, 3 mahal issiq ovqat va 24 soat davomida choy va salqin ichimliklar bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi. Muzdalifada esa hojilarga maxsus toʻshak va soyabonlar tarqatish rejalashtirilgan.

📌Eslatib oʻtamiz, boʻlgʻusi hojilarimiz 14-iyun juma kuni Mino vodiysida, 15-iyun shanba kuni esa Arafot va Muzdalifa vodiylarida haj amalining asosiy ruknlarini ado etadilar.


➡️Batafsil: https://gov.uz/religions/news/view/13915/

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2024 #arafa

OʻZBEKISTON HOJILARI PREZIDENTIMIZ VA XALQIMIZGA QURBON HAYITI TABRIGINI YOʻLLADILAR

🕋 Bugun, 15-iyun, arafa kuni Arafot hududida boʻlib turgan hojilarimiz ibodatu duolarda boʻlib, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizga Qurbon hayiti munosabati bilan oʻz tabriklarini yoʻlladilar.

📝 Tabrikni hojilarimiz nomidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqanazar oʻqib eshittirdi.

🔹 Tabrikda yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekiston hojilariga mamlakat Prezidenti darajasida eʼtibor koʻrsatilgani alohida qayd etilib, jumladan bunday deyilgan:
“Hurmatli Prezident, Sizning telefon orqali muborak
haj ziyorati uchun yaratilgan sharoitlar va salomatligimiz haqida soʻraganingiz hamda har kuni holimizdan xabardor boʻlib turganingiz ibodat fayzi bilan yurgan biz hojilarni cheksiz darajada mamnun etdi”


👉
BATAFSIL

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2024

⚡️Hojilarning ilk guruhlari yurtimizga yetib keldi


📅 Bugun, 22-iyun kuni hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.

Nurli yuzi, quvnoq koʻzida Vatan sogʻinchi namoyon boʻlgan hojilar jamoasini soha rahbarlar, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olishdi.

🤲 Hojilarimiz muborak amalni chiroyli ado etib, sogʻu salomat oʻz yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.

🔹 Endilikda hojilik baxtiga muyassar boʻlgan hamyurtlarimiz jamiyatda barchaga oʻrnak boʻlib, yoshlarni ilm-maʼrifatga chaqirish, aholini ezgu ishlarga boshlash va kam taʼminlangan kishilarga yordam koʻrsatish ishlarida yetakchilik qiladilar.

📌Eslatib oʻtamiz, hojilarimizning yurtimizga qaytishlari shu yil 12-iyulgacha davom etadi.

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Xalqaro_hamkorlik
#Haj_2025

O‘zbekiston delegatsiyasi
Haj va umra vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

📆 Joriy yil 11-yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

📌 Unda Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish muhokama qilindi.

👉 Batafsil: Haj-2025

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#xalqaro_hamkorlik
#haj_2025

🕋 O‘zbekiston delegatsiyasi Haj anjumanida ishtirok etmoqda

📆 Joriy yilning 13-16 yanvar kunlari Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Haj anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

📍Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan konferensiya-ko‘rgazmada 100 ga yaqin davlatdan vazirlar, muftiylar, olimlar, fan doktorlari, akademiklar, ekspertlar, tadqiqotchilar, diplomatlar hamda haj tadbirlarini tashkil etishga mutasaddi idora va kompaniyalar qatnashmoqda.

📌 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev va muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklaridagi O‘zbekiston delegatsiyasi Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish maqsadida, anjuman doirasida Saudiya Arabistonidagi vazirliklar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va soha mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazib, atroflicha o‘rganishlar va qiyosiy tahlillar olib bormoqda.

🔹Shuningdek, haj mavsumiga tayyorgarlik ishlari va yangi tartib-qoidalar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘linmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirlayotgan haj va umra safarlari yo‘nalishidagi tashkiliy-huquqiy asoslar va raqamlashtirish jarayonlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

🔸Haj va umra vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan konferensiya doirasidagi shoʻbalar, haj suhbatlari, ekspertlar tavsiyalari, turli soha mutaxassislari seminar-treninglari, xorijiy delegatlar bilan tajriba almashish va zamonaviy xizmatlar taqdimotlari foydali bo‘lmoqda.

♻️Ma’lumot uchun, Haj konferensiyasi to‘rtinchi marta yirik masshtabda bo‘lib o‘tmoqda. Innovasion dasturlar, ilg‘or tashabbuslar, tajriba almashish, haj safarini yuqori saviyada o‘tkazishga oid bilimlarni oshirish va muborak ziyoratlarni chiroyli bajarish uchun mustahkam poydevor hozirlashi bilan ushbu tadbir ulkan ahamiyat kasb etadi. Konferensiya doirasida tashkil etiladigan ko‘rgazma esa tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada ravnaq toptirish orqali xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Haj_2025
#tashkent_madina

⚡️Haj-2025” mavsumining dastlabki guruh ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga kuzatildi

🛫 Bugun,13-may kuni tongda muborak haj safarini niyat qilgan ziyoratchilarning dastlabki guruhi dilda quvonch, tilda shukronalik bilan Haj ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.

🔹Yurtdoshlarimizni muborak safarga kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ullari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.

📌 Eslatib oʻtamiz, ziyoratchilar joriy yilning 13-maydan 28-mayga qadar haj safariga kuzatiladi.

Haj-2025” mavsumiga doir barcha yangiliklarni rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz orqali kuzatib boring!


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Rasmiy_xabar
#Haj_2025

⚡️XABARNOMA


🕋 Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligidan kelib tushgan xabarnomaga ko'ra, ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

🇸🇦 Shuningdek, bu borada Saudiya Ichki ishlar vazirligining maxsus bayonoti ham ilova qilingan.

🔹 Belgilangan tartibga muvofiq Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida Haj-2025” vizasi boʻlishi shart.

⚠️ Saudiya Arabistoni hukumati qolgan barcha turdagi vizalar - umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar bilan haj tadbirini amalga oshirishga qatʼiy yoʻl qoʻymaydi.

❗️Tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramay, hozirda ayrim turfirmalar va uchinchi davlatlar orqali fuqarolarimizni haj ziyoratiga jo‘natishga harakatlar kuzatilmoqda.

‼️ Eslatib o‘tamiz, Saudiya huquq tartibot idoralaritomonidan amalga oshirilayotgan reydlar natijasida noqonuniy ravishda Haj ibodatini amalga oshirishgauringan shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi va mamlakatdan deport qilinadi.

📌 Xususan, noqonuniy yo'llar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha moliyaviy jarimalar qo'llanishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilish hamda keyingi
10 yil davomida Podshohlikka kirishi taqiqlanganlar ro'yxatiga kiritilishi belgilangan.

Respublikamizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida o’tkaziladi.


Shunga koʻra, “Haj” tadbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaumra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizni turli aldov yoʻllari bilan hajga olib borishni vaʼda qilayotgan firibgarlarga ishonmaslikka chaqiramiz!

Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang!

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_xabar
#Haj_2025

🕋 Ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

📌Noqonuniy yo'llar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha moliyaviy jarimalar qo'llanishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilish hamda keyingi 10 yil davomida Podshohlikka kirishi taqiqlanganlar ro'yxatiga kiritilishi belgilangan.

🎬 Batafsil videorolikda


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ҳаж зиёрати учун Маккаи мукаррамада бўлиб турган юртдошларимизга бошчилик қилаётган Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий шайх Нуриддин Холиқназар билан телефон орқали мулоқот қилди. Давлатимиз раҳбари ҳожиларимиз ҳолидан хабар олди, улар учун яратилган шароитлар ҳақида сўради.

Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием шейхом Нуриддином Холикназаром, который возглавляет наших соотечественников, совершающих Хадж в священную Мекку. Глава государства поинтересовался состоянием паломников и созданными для них условиями.

#Mirziyoyev #muloqot #muftiy #Haj

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍54👏1
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Photo
#Haj_2025

Haj-2025: muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

📆 Bugun, 3-iyun kunidan boshlab ziyoratchilarni Mino vodiysiga tashish ishlari boshlanadi hamda 4-iyun kuni barcha hojilar Mino vodiysida jam bo‘lishadi.

🔹 Shu munosabat bilan haj delegatsiyasi a’zolari, ishchi guruhi shtabi, shifokorlar jamoasi va guruh rahbarlari ishtirokida Makka shahridagi mehmonxonada umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔸 Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, ishchi guruhi rahbari Sodiq Toshboyev, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, attashe Shuhrat Amoniy hamda shifokorlar jamoasi rahbari Alisher Saatov qatnashdi.

📌 Mutasaddilar tomonidan mehmonxonalardan Minoga, u yerdan Arafot, bu manzildan esa Muzdalifaga va yana Minoga qaytishni tartibli tashkil etish, muborak manzillar va chodirlarda risoladagidek ibodat qilish uchun barcha sharoitlarni hozirlash, ziyoratchilar salomatligiga jiddiy e’tibor berish, ovqatlanish ratsioniga amal qilish, belgilangan tartiblarga rioya etishni ta’minlash masalalari aytib o‘tildi.

Ayniqsa, Mino, Arafot vodiylarida o‘rnatilgan qonun-qoidalarga amal qilish, xususan, kunning jazirama issiq vaqtlarida (soat 10-00 dan 16-00 gacha) chodirlardan tashqarida yurmaslik, hududlarda tog‘-u tepaliklarga chiqmaslik, beyjiklarni taqib yurish, harakatlanishda maxsus transport vositalari, avtobuslardan foydalanish va podshohlik talablari, tartibni saqlovchi xodimlar ko‘rsatmalariga itoat etish kabilarga urg‘u qaratildi.


♻️ Shuningdek, yig‘ilish doirasida kun tartibiga kiritilgan boshqa tashkiliy masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar yuklatildi.

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
👍6
#haj_2025

Haj-2025: hojilarimiz 12-iyundan yurtimizga qaytadi

📆 Bugun, 12-iyun kunidan boshlab Saudiya Arabistonidagi hojilarimiz bir necha kun davomida navbati bilan yurtimizga qaytib keladi.

🛬 Jidda shahridan mamlakatimizning 10 ta hududiToshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi.

🛩 Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy samolyotlari, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
8👍5
#Haj_2025

⚡️
Haj-2025: hojilarning ilk guruhlari yurtimizga yetib keldi

📅 Bugun, 12-iyun kuni hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiliklaridagi hojilar jamoasini mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olishdi.

🔹 Hojilarimiz muborak amalni chiroyli ado etib, sogʻu salomat oʻz yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.

🔸 Endilikda hojilar yosh avlodni ilm-ma’rifat va yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish kabi savobli ishlarning boshida turib, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shadilar.


📌Eslatib oʻtamiz, hojilarimizning yurtimizga qaytishlari 29-iyun kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
👍96👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2025

Axborot 24 |
Haj – 2025: hojilar tinchlik va ma’naviyat targ’ibotchisi

Hojilar tomonidan Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar mazkur lavhada


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2025

Axborot 24 |
Haj – 2025: hojilar tinchlik va ma’naviyat targ’ibotchisi

Hojilar tomonidan Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar mazkur lavhada


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | X |Youtube
👍21