Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
10.9K subscribers
3.46K photos
891 videos
3 files
1.94K links
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy telegram kanali

Web-site: https://taplink.cc/dinqumita

Manzil: Toshkent sh, A.Navoiy-12. 100011

Call center: 71 200 58 88

E-mail: [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi

📆 Joriy yilning 10-iyun kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiya Arabistoniga safari davomida Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia bilan uchrashuv oʻtkazdi.

📊 Tavfiq bin Favzon Rabia soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tomonidan haj va umra ziyoratlarini yuqori darajada tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Shu kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi va Malayziya din ishlari vaziri, senator, doktor Hoji Muhammad Naim bin Hoji Muxtor bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini ravnaq toptirish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

🤝 Uchrashuvlar doʻstona ruhda va yuqori kayfiyatda boʻlib oʻtdi.

➡️Batafsil: https://gov.uz/religions/news/view/13634/

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

Ikki tomonlama
hamkorlik muhokama qilindi

🔸Joriy yilning 15-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Savab” terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi direktori dr. Sara al-Marzuqiy xonim boshchiligidagi delegatsiyani Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev qabul qildi.

🔹 Uchrashuvda S.Toshboyev tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmita va “Savab” markazi oʻrtasida oʻzaro delegatsiyalar tashriflari, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishni oldini olish, vijdon erkinligi va diniy bagʻrikenglik mavzularida turli tadbirlarni birgalikda oʻtkazilishi, oʻzaro tajriba almashish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan boʻlib qolayotgani ta'kidlandi.

O'z navbatida, Sara al-Marzuqiy tomonidan ham Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrida Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohalar qatori, diniy-maʼrifiy jabhada, xususan, din va eʼtiqod erkinligi yoʻnalishida turli din vakillari uchun koʻplab yangiliklar, qulayliklar yaratib kelinayotgani alohida e'tirof etildi.

Telegram