🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish yo'lida
🧊 Ma'lumki, sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish, xizmat ko‘rsatish sifatini
xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish hamda korrupsion xavfni oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha butun dunyoda bir qancha harakatlar amalga oshirib kelinadi. Qayd etish muhimki, bu yo‘nalishlar bo‘yicha
xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan va ular tomonidan dasturlar,
standartlar ishlab chiqilgan. Yurtimizda ham mazkur yo‘nalishlarga
xalqaro standardlarni joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
🌟 Bugun
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "ALFAKON SYSTEMS" konsalting tashkiloti tomonidan halqaro standartlardan ISO 9001:2015 “
Sifat menejmenti tizimi va talablar” mavzusida hamda ISO 37001:2016
“Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar" mavzularida seminar tashkil etildi.
🤔 Unda seminar qatnashchilariga
xalqaro standartlar darajasida xizmatlarni tashkil etish va korrupsion havfni oldini olish mavzularidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
#DavKadastrPalata #xalqaro_standartlarIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter