🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bitiruvchi talabalarga DKP da amaliyot o'tash imkoniyati yaratilmoqda📝 Xabaringiz bor, joriy yildan Kadastr agentligi
Davlat kadastrlari palatasi tizimida ta'limga
e'
tibor kuchaymoqda, bu masalada oliygohlar bilan ko'plab ishlar va kelishuvlar yo'lga qo'yilib, tizimni yosh malakali mutaxassislar bilan ta’minlash masalalari ko'rib chiqilmoqda.
🫥 Aynan shu maqsadlarda, poytaxtimizning bir qator oliy ta'lim muassasalarida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida joyiga borgan holda kadastr yo‘nalishidagi fakultet va kafedra rahbarlari ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar yakunida oliygohni bitirayotgan bilimli va sohaga qiziqqan hamda kelgusida Davlat kadastrlari palatasi tizimida mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan talabalar Davlat kadastrlari palatasiga suhbatga taklif etilgan edi.
🫥 Kuni kecha, Markaziy apparat mas’ullari ishtirokida ochiq suhbat jarayoni o‘tkazildi. Qayd etish kerakki, sohaga qiziqqan talabalar bevosita Davlat kadastrlari palatasi tizimida sohaga tegishli bo‘lgan bilimlarini o‘zlashtirish sharti bilan “ustoz-shogird” tizimida amaliyotni o‘tkazishlari mumkin bo'ladi. Amaliyotni a’lo darajada o‘tagan talabalarni kelgusida mehnat faoliyatini olib borishlari ko'zda tutilgan.
#DavKadastrPalata #kadastrda_bilimga_e_tiborIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter