πΊπΏπΊπΏπΊπΏπΊπΏπΊπΏIlmli ayol - jamiyat ko'zgusiπ Kuni kecha, Kadastr agentligining
Davlat kadastrlari palatasi, Geoinnovatsiya davlat markazi, Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida
"Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida seminar va sayyor qabul bo'lib o'tdi.
πΈ Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkilot rahbarlari
shuningdek vrach-pediatr va psixologlarning ma'naviyatli ayol, sog'lom ayol-sog'lom kelajak, internetdan to'g'ri foydalanish, xotin-qizlarimizning sharqona odobi, tashkilotda odob-axloq qoidalari mavzularida ma'ruzalari tinglandi hamda yo'nalishga oid viktorina va savol-javoblar o'tkazildi.
π«₯ Ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuv yakunida har bir tashkilotdagi faol ayol-qizlar
"Tashakkurnoma" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda sayyor qabul tashkil etilib, ishtirokchilarning muammo va savollari, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash yuzasidan taklif va mulohazalari tinglanib, maslahatlar berildi.
π Kunning ikkinchi yarmida kadastr ayollari Toshkent viloyatidagi "Zangiota" ziyoratgohiga sayohat qilishdi.
#DavKadastrPalata #seminar #ayollar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter