DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
⚜️Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

◼️ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

◼️ Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

◾️Ushbu tartib:

- barcha turdagi davlat boji va ma’muriy jarimalar bo‘yicha to‘lovlar;

- davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga to‘lovlar;

- “E-auksion” elektron savdo platformasi va “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Davlat rahbari qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda uchta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan.

◾️Birinchidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi.

◾️Ikkinchidan, 1 mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inshootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta’minlangan va aholi punktlariga yaqin.
Ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/prezident-shavkat-mirziyoev-24-mart-kuni-davlat-mulkini-xususiylashtirish-ishlarining-ijrosi-va-bu-borada-joriy-yilgi-rejalar-muhokamasi-yuzasidan-yigilish-otkazdi/

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️O‘zbekistonda Qurbon Hayitining birinchi kuni 28-iyun kunida nishonlanadi▪️

🇺🇿 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Qurbon hayitining birinchi kuni joriy yilning 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

📆 Qurbon hayiti munosabati bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 29-30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqandda “Shirin” shaharchasi barpo etiladi ▪️

🇺🇿 Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksi barpo etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori imzolandi.

◼️ Unga ko‘ra, ushbu shaharcha Samarqandning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni rivojlantirishni ta’minlash maqsadida 2023—2030-yillarda barpo etiladi.

📃 Hujjatga ko‘ra, shaharchani 665,15 gektar maydonda barpo etish rejalashtirilmoqda. Shundan 84,8 gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘lib, ular aholi punktlari yerlari toifasiga o‘tkaziladi.

➡️ Yer uchastkalari davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori qoplanganidan so‘ng ushbu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

◼️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq toifasi o‘zgartirilgani sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi. Elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadigan yer uchastkalari bundan mustasno.

📆 2031-yil 1-yanvargacha har yil yakunida teng ulushlarda ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar o‘zlashtirilishi va sug‘oriladigan yerlar toifasiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM