DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
25.2K subscribers
12K photos
1.9K videos
1 file
7.03K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi▫️

◻️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov 2021 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berdi:

🔹 Ko‘chmas mulklarni hisobga olish borasida o‘tgan 12 oy mobaynida 252,9 mingta qo‘shimcha ob’ekt aniqlanib, ro‘yxatga kiritilgan;

🔹 o‘tgan yilda 16 893 holatda 2541,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlangan;

🔹shuningdek, 2021 yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi, shundan 8 636 ta yer uchastkasi auksionda sotildi;

🔹 bundan tashqari, 5 876 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 592 ta geodeziya o‘lchov ishlari bajarildi;

🔹5 274,5 mingta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #aoka #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹AOKAda brifing🔹

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov brifingi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #AOKA #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️“E-auksion” elektron savdo platformasi bo‘yicha brifing▫️

📧 «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali 40 mingdan ziyod ERI bepul berilgan;

📧 Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha 5 800 dan ortiq ob’ekt savdoga chiqarilib, 4 400 tasi 58 mlrd. so‘mga (70% yuqori narxda) ijaraga berilgan;

📧 “E-auksion” elektron savdo platformasida mulkdorlarni rozi qilish mexanizmi, to‘lovlarni inson omilisiz qabul qilish va taqsimlash bo‘yicha billing tizimi ishga tushirilgan.

🔲 AOKAda Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi DUK rahbari ma’lumot berdi.


#DavKadastrPalata #AOKA #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔸Axborot xizmatlari reytingida yuqori baholandi🔸

⚜️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining e’lon qilishicha, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021 yil II yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi hamda Adliya vazirligida 3187-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga ko‘ra 10 ta asosiy mezon bo‘yicha baholandi.

⚜️ Faoliyati yuqori baholangan matbuot kotiblari qatorida Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’matjon Atamuratovning ham borligini alohida e’tirof etmoq lozim.

⚜️ Respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki o‘rta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

#DavKadastrPalata #AOKA #reyting

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️ AOKAda brifing bo‘lib o‘tdi▫️

Unda, Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari N.Atamuratov Kadastr sohasiga oid qonunchilidagi yangiliklar to‘g‘risida axborot berdi.

◻️ Joriy yilning 18 iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yurtimizda 2 million 600 mingta xonadonning kadastr hujjatlari mavjud emasligi ta’kidlandi. Kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi. Bu borada yangi tartib ishlab chiqilayotgan qonunda o‘z aksini topadi.

◻️Ungacha ishchi guruh tomonidan:

▫️1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
▫️uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlar to‘planadi va elektron bazaga kiritiladi.

#DavKadastrPalata #brifing #AOKA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#AOKA #Brifing

😄Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 🌟Kadastr agentligi Matbuot kotibi N.Atamuratov tomonidan "Ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari" mavzusidagi Brifing bo'lib o'tdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi 198-son Farmoniga asosan, UZKAD axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.

🟢Bunda:

💬 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi va bu maʼlumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi;

💬Jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha maʼlumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga UZKAD tizimi orqali taqdim etiladi;

💬 Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha «mulk tarixi»ga oid maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘ladi.


🎬 Batafsil videoda 🎬

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aoka_konferensiya

18-20 апрель кунлари АОКА ташаббуси билан Қорақалпоғистон Жўқори Кенгеси ҳамкорлигида ахборот хизматлари раҳбарлари учун ташкил этилган “Ахборот хизматлари фаолияти: очиқлик, тезкорлик ва холислик бош мезон” мавзусидаги миллий конференция доирасида панел сессиялар, тренинглар, Media Quiz беллашувлари ўтказилди.
😉😉😉😉😉

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM