DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.6K subscribers
10.6K photos
1.66K videos
1 file
6.34K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Kuni kecha ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqandda “Shirin” shaharchasi barpo etiladi ▪️

🇺🇿 Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksi barpo etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori imzolandi.

◼️ Unga ko‘ra, ushbu shaharcha Samarqandning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni rivojlantirishni ta’minlash maqsadida 2023—2030-yillarda barpo etiladi.

📃 Hujjatga ko‘ra, shaharchani 665,15 gektar maydonda barpo etish rejalashtirilmoqda. Shundan 84,8 gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘lib, ular aholi punktlari yerlari toifasiga o‘tkaziladi.

➡️ Yer uchastkalari davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori qoplanganidan so‘ng ushbu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

◼️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq toifasi o‘zgartirilgani sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi. Elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadigan yer uchastkalari bundan mustasno.

📆 2031-yil 1-yanvargacha har yil yakunida teng ulushlarda ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar o‘zlashtirilishi va sug‘oriladigan yerlar toifasiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 20-24-iyul, 2023-yil

⚖️ Jami: 231

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

🌟 Kadastr agentligi tizimida o‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

⁉️Savol. Ko‘pincha fuqarolar hali qurilishi boshlanmagan uylarga to‘lov qilmoqda. Bunday uylarning keyinchalik kadastr bilan bog‘liq muammolari paydo bo‘ladi. Mana shu jarayonga agentlik nega ko‘z yumib kelmoqda?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️6 oyda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan▪️

📊 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga oshgan.

📆 2023-yilning 1-iyul holatiga, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 102 taga yetgan.

🏗 Qurilish korxonalarining eng katta qismi, ya’ni 6 911 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,3 % Toshkent shahrida joylashgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

◼️Sizning ko'chmas mulkka manzillar berish hamda geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponomika xizmati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 Mavzu: " Ko'chmas mulk manzillarining yagona reyestrini yuritish va geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklar va ahamiyatli jihatlar"

⚡️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 28-iyul, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 19-25-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 824 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV forum haqida▪️

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o'tkazilgan “Rahbar va yoshlar” 1- milliy forumi jarayonlari hamda unda o'tkazilgan savobli tashabbus haqida quyidagi OAV larda batafsil yoritildi:

📃 "Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▶️ Jizzax radiokanalining "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▶️ "Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️

🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv ishi muhandislarining malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-kurslari tashkil etildi.

🔤 24-iyuldan - 8-avgustga qadar davom etuvchi malaka oshirish maxsus o‘quv kurslarida arxiv ishi sohasiga kirish, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish, kadastr yig‘majildlarini belgilangan tartibga muvofiq saqlash va idoraviy arxivda joylashtirish talablari kabi yana bir necha mavzularda dars soatlari o‘tkazilmoqda.

👔 Jarayon yakunlariga ko‘ra yana ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qadimgi Yunonistonda qishloq xo'jaligi mulklari▪️

🔵 Miloddan avvalgi VIII asrdan boshlab, yirik yer egalari va dehqonlar oʻrtasida ziddiyatlar kuchayib, ularning yashashi tobora qiyinlashayotgan edi . Miloddan avvalgi V asrda liturgiya amaliyoti davlat xizmatlarini ko'rsatish mas'uliyatini boylarning yelkasiga yukladi va keng miqyosdagi yer egaliklarining qisqarishiga olib keldi. Hisob-kitoblarga ko'ra, hoplit darajasidagi fuqarolarning aksariyati 5 gektarga yaqin yerga egalik qilishgan. Spartada Likurg islohoti yerlarning keskin qayta taqsimlanishiga olib keldi. Har bir fuqaroga 10 dan 18 gektargacha bo'lgan yer uchastkalari taqsimlandi . Boshqa joylarda zolimlar boy siyosiy dushmanlardan tortib olingan yerlarni qayta taqsimlash ishlarini olib bordilar.

➡️ Miloddan avvalgi IV-asrdan boshlab mulk bir necha yer egalari orasida toʻplana boshlaydi, shu jumladan, Spartada, Aristotelning fikricha , yer bir necha kishining qoʻliga oʻtganiga qaramay, Gretsiyadagi aristokratik mulklar hech qachon buyuk Rim latifundiyasi ko'lamiga erisha olmagan. Klassik davrda badavlat Alkibiades atigi 28 gektarga egalik qilgan. Barcha holatlarda yer boylik tushunchasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib qoladi.

🔹 Ba'zi yunon yerlari muqaddas hisoblanar edi. Har bir shahar shunday yerlarga ega bo'lgan va hisob-kitoblarga ko'ra, klassik davrda Afinada bu yerlar ekin maydonlarining 1/10 qismini tashkil qilgan. Bu ma'muriy bo'linish va shaharning o'zi yoki ma'budning mulki edi. Bu yerlar jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan.

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV forum haqida▪️

⭐️ 🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o'tkazilgan “Rahbar va yoshlar” 1- milliy forumi jarayonlari hali hamon aks-sado berishda davom etmoqda.

🇺🇿 MTRKning "O'zbekiston24" telekenali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturida ham Kadastr yoshlarining milliy forumidagi 3-kunlik hayajonlari barafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 19-26- iyul, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 18 202 ta
Shakllantirilgan: 6 427 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida ▪️

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Mazkur hafta ushbu tashabbus Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida tashkil etildi:

▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Sirdaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM