DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Quyosh panellari navbatdagi kadastr binolarida▪️

🌟 Energiya tejovchi manbalardan samarali foydalanish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi binolariga quyosh panellari o'rnatish ishlari davom etmoqda.

🫥 Mazkur hafta qayta tiklanuvchi energiyadan samarali foydalanish va energiya tejovchi manbalarni qo'llash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi ma'muriy binosining tom qismiga 540 watt elektr quvvatini beruvchi 15 kw quyosh panellari o'rnatilib, hozirda foydalanishga topshirildi.

◼️Shu jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ma'muriy binosining tom qismiga har biri 550 watt elektr quvvatini beruvchi 91 ta panel o'rnatildi. Ushbu panellar soatiga 50 kw energiya quvvati ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

#DavKadastrPalata #quyosh_panellari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🖥 Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va uni “YERELEKTRON” AATga joylashtirish jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan xulosa tuziladi hamda u elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Xulosalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan so‘zlar ko‘rsatiladi.

Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.

📃 Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

🌟 70 nafar yoshlarni bir manzilga birlashtirgan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o'tkazilgan 3 kunlik “Rahbar va yoshlar” 1- milliy forumidan jurnalist tayyorlagan lavhalar quyidagi OAV lar orqali batafsil yoritildi:

▶️ Jizzax TV telekanalining "Reportaj" informatsion dasturi;
▶️ Nasaf TV telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturi .

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Kuni kecha ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqandda “Shirin” shaharchasi barpo etiladi ▪️

🇺🇿 Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksi barpo etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori imzolandi.

◼️ Unga ko‘ra, ushbu shaharcha Samarqandning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni rivojlantirishni ta’minlash maqsadida 2023—2030-yillarda barpo etiladi.

📃 Hujjatga ko‘ra, shaharchani 665,15 gektar maydonda barpo etish rejalashtirilmoqda. Shundan 84,8 gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘lib, ular aholi punktlari yerlari toifasiga o‘tkaziladi.

➡️ Yer uchastkalari davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdori qoplanganidan so‘ng ushbu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

◼️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq toifasi o‘zgartirilgani sababli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi. Elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadigan yer uchastkalari bundan mustasno.

📆 2031-yil 1-yanvargacha har yil yakunida teng ulushlarda ushbu qaror bilan toifasi o‘zgartirilayotgan sug‘oriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar o‘zlashtirilishi va sug‘oriladigan yerlar toifasiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 20-24-iyul, 2023-yil

⚖️ Jami: 231

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

🌟 Kadastr agentligi tizimida o‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

⁉️Savol. Ko‘pincha fuqarolar hali qurilishi boshlanmagan uylarga to‘lov qilmoqda. Bunday uylarning keyinchalik kadastr bilan bog‘liq muammolari paydo bo‘ladi. Mana shu jarayonga agentlik nega ko‘z yumib kelmoqda?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️6 oyda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan▪️

📊 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga oshgan.

📆 2023-yilning 1-iyul holatiga, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 102 taga yetgan.

🏗 Qurilish korxonalarining eng katta qismi, ya’ni 6 911 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,3 % Toshkent shahrida joylashgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

◼️Sizning ko'chmas mulkka manzillar berish hamda geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponomika xizmati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 Mavzu: " Ko'chmas mulk manzillarining yagona reyestrini yuritish va geografik obyektlar nomlari ekspertizasi bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklar va ahamiyatli jihatlar"

⚡️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 28-iyul, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 19-25-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 824 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV forum haqida▪️

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o'tkazilgan “Rahbar va yoshlar” 1- milliy forumi jarayonlari hamda unda o'tkazilgan savobli tashabbus haqida quyidagi OAV larda batafsil yoritildi:

📃 "Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▶️ Jizzax radiokanalining "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▶️ "Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️

🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv ishi muhandislarining malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-kurslari tashkil etildi.

🔤 24-iyuldan - 8-avgustga qadar davom etuvchi malaka oshirish maxsus o‘quv kurslarida arxiv ishi sohasiga kirish, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish, kadastr yig‘majildlarini belgilangan tartibga muvofiq saqlash va idoraviy arxivda joylashtirish talablari kabi yana bir necha mavzularda dars soatlari o‘tkazilmoqda.

👔 Jarayon yakunlariga ko‘ra yana ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM