DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️ Kosmik ma’lumotlar va xizmatlar bo'yicha▫️ 📡Ayni damda TAIEX PI Qishloq xo‘jaligida kosmik ma’lumotlar va xizmatlar bo'yicha ekspert missiyasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. ◻️Ushbu yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi vakillari ishtirok…
▫️Хalqaro seminar yakuni bo‘yicha▫️

💠 Toshkent shahrida joriy yil 16 may kuni boshlangan to‘rt kunlik seminar bugun o‘z ishini yakunladi. Yevropa komissiyasining Texnik yordam va axborot almashish loyihasi TAIEX PI doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi va Yevropa Komissiyasining Mudofaa sanoati va koinot bo‘yicha Bosh boshqarmasi (DG DEFIS), Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda respublikamizning tegishli vazirlik va idoralarining mutaxassislari hamda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakillari ishtirok etishdi.

💠 Tadbirda kosmik tadqiqotlar yo‘nalishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda kosmik ma’lumotlar va xizmatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha Ispaniya, Fransiya va Ruminiya davlatlari ekspertlarining qator ma’ruza va taqdimotlari tinglandi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Президент геология соҳасидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
2022-2026 йилларда геология-қидирув ишларини амалга ошириш бўйича алоҳида дастур ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.
Давлат раҳбари янги лойиҳаларда бу хомашёни қайта ишлаш ва қўшилган қиймат яратишга алоҳида эътибор қаратиш кераклигини таъкидлади.
Тақдимотда мис кластери ташкил этиш борасида амалга оширилаётган ишлар тўғрисида ҳам ҳисобот берилди.

Президент ознакомился с презентацией проектов геологической отрасли.
Поставлена задача разработать отдельную программу геологоразведочных работ на 2022-2026 годы.
Глава государства отметил необходимость уделить в новых проектах особое внимание переработке и созданию продукции с добавленной стоимостью.
На презентации также представлена информация о ходе работ по созданию медного кластера.

#Mirziyoyev #taqdimot #geologiya #kadrlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Kadastr atamalari🔹

🔘 Yerni masofadan turib zondlash - bu - yer sathi haqidagi, undagi yoki uning qa'ridagi obyektlar to'g'risidagi axborotni kontaktsiz usullar orqali olish jarayonidir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 12-18 may kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 12 811 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Baliqchilik xo‘jaliklari xatlovdan o‘tkazildi▫️

◻️ Davlat kadastrlari palatasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda respublikadagi mavjud tabiiy, sun’iy suv xavzalarida faoliyat yuritayotgan baliqchilik xo‘jaliklari bugungi kunda to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

◻️ Respublika bo‘yicha jami 6 147 ta, shundan 381 ta tabiiy hamda 5 766 ta su’niy suv xavzalari aniqlandi, ularga jami foydalanish uchun 765 ming 332 gektar yer maydoni ajratilganligi ma’lum bo‘ldi.
◻️ Hozirda, Davlat kadastrlari palatasi va «O‘zbekbaliqsanoat» bilan o‘tkazilgan yakuniy xatlov natijalarining tahlil jarayonlari o‘tkazilmoqda.

#DavKadastrPalata #xatlov_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr xizmatidan telefon orqali foydalanish🔹

📱Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, maʼlumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz (mobil aloqa orqali USSD soʻrovi bilan) olish tartibi hozirda joriy etilgan.

📲 Mobil aloqaga so‘rovnoma yuborish orqali kadastr obyektiga taqiqni aniqlash va bir qancha maʼlumotlarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz olish imkoniyati sizda mavjud.


📲 Buning uchun telefoningiz orqali *1148# USSD soʻrovini yuborishingiz va Sizga kerakli xizmat turini tanlashingiz kifoya.

#DavKadastrPalata #DXMdagi_xizmatlarimiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Karyera kunida▫️

💠 Bugun, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida o‘quv yili yakuniga ko‘ra, yana bir bor karyera kuni tashkil etildi.

💠 Unda universitetning bitiruvchi talabalari uchun aynan yo‘nalishga taaluqli bo‘lgan respublikamizning yirik tashkilot va muassasalari o‘zlarining vakant o‘rinlarining taklifi bilan qatnashdilar.

💠 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi birnecha tizim tashkilotlari va Toshkent viloyati hamda poytaxt boshqarmalari ham mazkur tadbirda o‘z takliflari bilan qatnashib, bitiruvchi talabalarga talab etilayotgan mutaxassislar o‘rni hamda ish sharoitlarini tanishtirdilar.

#DavKadastrPalata #karyera_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube