DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Skandinaviya mamlakatlarida

🏳️Bu mamlakatlarda xususiy mulk uchun yagona, aniq yirik masshtabli, ko'p maqsadli markaziy reyestrli kadastr yuritish asosan nemischa andozalar bo'yicha yaratilganligi e'tiborlidir.

🇸🇪Shvetsiyada ko'chmas mulk haqidagi axborot tizimi uzoq vaqt davomida shakllangan. Bu davlatda yer kadastri 2ta registrdan iborat holda yuritiladi.

🇳🇴Shvetsiya singari Norvegiya yer kadastri ham egaliklar, manzillar va binolar tillari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan informatsion kadastr tizimiga birlashtirilgan.

🇫🇮Finlandiyada obyektni yer kadastri baholash ishlarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyati, qishloq hududlarining registri davlat tomonidan, shahar hududining registri esa munisipial ma'muriyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

🇩🇰Daniyada yer kadastri, asosan, yer maydonlarini yirik masshtabda kartalashtirishni ko'zda tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Faoliyat samaradorligini baholash tartibi takomillashtirilmoqda🔹

💠 Bugun davlat boshqaruvida inson resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, davlat organlari va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💠 Markaziy apparat xodimlari faoliyatini ham samarali tashkil etish bo‘yicha xozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari - KPI tizimi joriy etila boshlandi.

💠 O‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur tizimning tartiblari, ahamiyati va maqsadi keng yoritib berildi.

#DavKadastrPalata #KPI

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Xususiylashtirish shakllari hamda xususiylashtirilmaydigan yer uchastlakalari ▫️

Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari;

tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy, o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari ham xususiylashtirish ob’ekti bo‘lmaydi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining qo‘shimcha imkoniyat va kafolatlari qanday?

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma mutahassisi ana shular haqida axborot berdi.

#DavKadastrPalata #xususiylashtirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Kadastrda sayyor qabul▫️

◻️Bugun Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining sayyor qabuli o‘tkazildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganildi, ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.

📢 Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Allaberganov boshchiligida 2022 yil 19 may kuni Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📢 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining yana bir sayyor qabuli Do‘stlik tumanida, 2022 yilning 19 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📢 Shuningdek, Farg‘ona viloyati, Quva tumanida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullaev boshchiligida joriy yil 20 may kuni sayyor qabul o‘tkaziladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yer fondi toifalari🔹

🔲 Davlat kadastrlari palatasi mazkur ma’lumotda O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydonlari va yer fondi toifalarini taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

🔷 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 10-17 - may kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📧SAVOL: Qo'shnim bilan yer uchastkam òrtasida kichkinagina umumiy foydalinish yòlagi mavjud. Qòshnim asosiy kòchada chiqish joyi bòlishiga qaramasdan , yer uchastkam òrtasidan òtgan umumiy yòlak orqali kirib-chiqadi. Bu esa mening oila a'zolarim tinchligini buzmoqda. Muammoni yechimi qanday?

🧾JAVOB: Sizning murojaatingiz bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.01.2019 yildagi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman fuqarolik sudinig mamuriy ishlar bo‘limiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.
TAYINLOV

Minasipov Burxan Baxtiyorovich – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Burxan Baxtiyorovich - 1987 yil Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumanida tug‘ilgan. 2013 yil Toshkent irrigatsiya va meliorasiya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish▫️

🇺🇿 Bugun, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovich tomonidan Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga asosan Davlat kadastrlari Palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Burxon Minasipov Baxtiyorovich tanishtirildi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Кўчмас мулкка бўлган ҳар қандай ҳуқуқ вужудга келгандан 1 ой муддатда давлат рўйхатидан ўтказилиши керак

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов соҳа бўйича келган долзарб саволларга жавоб берди.

Кўчмас мулкнинг бир қисми нотариус орқали олди-сотти қилинганда қолган қисми давлат рўйхатидан ўтказилиши шартми?

Кадастр ҳужжати рақамини билиш зарурати туғилганда қандай қилиб олиш мумкин?

Отамдан қолган ҳовлини ака-укалар бўлишмоқчимиз. Отам оламдан ўтган, уй эса отамнинг номида. Қаерга мурожаат қилиш лозим?

Кўчмас мулкка бўлган ҳар қандай ҳуқуқ вужудга келгандан сўнг қанча муддатда давлат рўйхатидан ўтказиш керак?

Кадастр ҳужжатларини расмийлаштирганлик учун тўловларда кимларга имтиёзлар мавжуд?
〰️〰️〰️

📌Бошқа яна бир қатор муҳим саволлар ва уларга жавобларни қуйидаги ҳавола орқали билиб олинг.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк