DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.9K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.32K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot seminarlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Markaziy apparat mutaxassislari boshchiligida Yangi Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot seminarlari o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

◼️Navbatdagi seminarlar quyidagi hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1,
2
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun yuzasidan huquqiy-targ'ibot seminarlari


🫥 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Bu galgi seminarlar quyidagi hududiy boshqarmalar tomonidan tashkil etilib, unda Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi:

🇺🇿 Xorazm viloyati 1, 2
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Qonun yuzasidan joylarda huquqiy seminarlar


⚖️⭐️🌟Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan joylarda reja-grafik asosida seminarlar tashkil etilmoqda.

◼️Tadbirdan ko'zlangan maqsad davlat idoralari vakillari hamda fuqarolar va tadbirkorlarga Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan egalik huquqlarini tartibga solish bo‘yicha tushunchalarni kengaytirishdan iborat.

Bu kabi tadbirlar shu kunga qadar Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazildi.

🗓 Bugun esa uchrashuvlar Toshkent shahrining Yashnobod tumanida soat 11:00da va Chilonzor tumanida soat 16:00da o'tkaziladi. Shuningdek, reja-jadvalga asosan navbatdagi seminarlar Andijon, Toshkent, Farg'ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun targ'iboti yuzasidan seminarlar

🖥 Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja-grafik asosida seminarlar bo'lib o'tmoqda.

◼️Hozirga qadar shu kabi tadbirlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari


⭐️🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari rahbariyati tomonidan tuman, shahar bo'lim hamda filiallarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar ishtirokida yoshlarning muammo va takliflarini o'rganish va yangi fikr va g'oyalar almashishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.

◼️Tadbirlarda yosh xodimlarning sohaga oid savollari hamda ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berilmoqda.

◼️Shuningdek o'z bilim va salohiyatlarini ayamasdan xizmat vazifalarini o'z vaqtida va sifatli bajarib, tengdoshlari orasida namuna bo'layotgan xodimlar "Tashakkurnoma" va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar:

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #seminar #rahbar_va_yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi

💠 Kuni kecha, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, Geoinnovatsiya davlat markazi, Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida "Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi" mavzusida seminar va sayyor qabul bo'lib o'tdi.

💸 Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha boshlang'ich tashkilot rahbarlari shuningdek vrach-pediatr va psixologlarning ma'naviyatli ayol, sog'lom ayol-sog'lom kelajak, internetdan to'g'ri foydalanish, xotin-qizlarimizning sharqona odobi, tashkilotda odob-axloq qoidalari mavzularida ma'ruzalari tinglandi hamda yo'nalishga oid viktorina va savol-javoblar o'tkazildi.

🫥 Ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuv yakunida har bir tashkilotdagi faol ayol-qizlar "Tashakkurnoma" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda sayyor qabul tashkil etilib, ishtirokchilarning muammo va savollari, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash yuzasidan taklif va mulohazalari tinglanib, maslahatlar berildi.

🕌 Kunning ikkinchi yarmida kadastr ayollari Toshkent viloyatidagi "Zangiota" ziyoratgohiga sayohat qilishdi.

#DavKadastrPalata #seminar #ayollar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari


⭐️🌟Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning mas'ul mutaxassislari tomonidan tizimdagi barcha xodimlarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni haqida batafsil ma'lumotlar berish maqsadida o'quv seminarlari tashkil etilmoqda.

◼️Uchrashuvlarda qonun ijrosini amalga oshirish bosqichlari, mexanizmi, shuningdek, reja-jadval asosida mahallalarning hudud xaritasini va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash, topograf va kadastr muhandislarini taqsimlash, joylarda dastlabki xatlov ishlarini boshlash hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash tartibi to'g'risida tushuntirishlar olib borilmoqda.

◼️Shuningdek, xodimlarning xatlov jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar va muhim jihatlar bo‘yicha savollariga huquqiy asosli javoblar berilmoqda.

▫️Namangan viloyati 1, 2
▫️Samarqand viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sifat sohasidagi bilimlar mustahkamlanmoqda


🌟 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Integrallashgan boshqaruv tizimi bo'yicha ma'sul mutaxassis B.Axmedov tomonidan barcha xodimlar ishtirokida Xalqaro standartlar mavzusida seminar o'tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasining 2024-yilga mo'ljallangan sifat sohasidagi siyosati va muvofiqlashtirilgan maqsadlari haqida suhbat olib borilib, barcha boshqarma va bo'limlarning hisobotlari o'rganib chiqildi hamda ISO 9001 va ISO 37001 talablariga muvofiqligi muhokama qilindi.

◼️Shuningdek joriy qilingan Integrallashgan boshqaruv tizimi, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish masalalarida kelgusida belgilangan vazifalar va ko'rsatmalar haqida tushunchalar berildi.

#DavKadastrPalata #seminar #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM