DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#kadastr #seminar

🌟 Kadastr agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening Samarqandda o'z ishini boshladi.

🧊 Seminar 27-29 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Samarqand, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🗣Seminar davomida tinglovchilarga:

Tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari;
Hududiy media pul yaratish va ular bilan samarali ishlash imkoniyatlari;
Zamonaviy media muhit va axborot isteʼmoli;
Maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari;
Provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi, shuningdek, kadastr faoliyati bilan bog‘liq keyslar tahlil qilinadi.

➡️Ma'lumot uchun: mazkur seminar-trening 12-14 iyul kunlari Farg'ona viloyatida boshlangan va butun respublika bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маъмурий ислоҳотлар доирасида маданият ва туризм соҳасида давлат бошқарувини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Prezident

Бош прокуратура, Кадастр агентлигига
бир ой муддатда Фарғона вилоятида сўнгги беш йилда саноат зоналари ва бўш турган ишлаб чиқариш майдонлари тоифасини якка тартибдаги уй-жой қуришга ўзгартириш ҳолатларини текшириб, қонун устуворлигини таъминлаш топширилди.

Бундан буён, саноат мақсадлари учун мўлжалланган ерлар тоифасини ўзгартириш бўйича қарорлар фақат Ҳукумат комиссияси розилиги билан амалга оширилиши белгиланди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️ 🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda…
▪️Arxiv ishi o'quv kurslari▪️

🔰 Avval xabar berganimizdek, Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida o'tkazilayotgan o‘quv-kurslari qizg'in pallada.

⭐️ Kuni kecha, malaka oshirish maxsus o‘quv kurslari Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovichning chiqishlari bilan boshlandi. Kerakli ma'lumotlar, tajriba almashinuvidan so'ng, seminar qatnashchilari guruhlarga bo'lingan holda - arxiv ishi sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish kabi yana bir necha mavzularda dars soatlarida qatnashdilar.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibi ▪️

◼️Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir. Ushbu xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanadilar.

📃 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

▫️Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
▫️Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.
▫️ Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

◼️Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

📆 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

➡️ Xizmat narxi: BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (50 minutes)
▪️ Sayyor qabullar hududlarda▪️

◼️Bugun Sirdaryo viloyati Guliston tumanida  fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.X.Abdullayev va viloyat boshqarma boshliqlar ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️Shu jumladan, kuni kecha Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi  Xorazm viloyati boshqarmalari rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o'tkazilgan edi.

▶️ Shu kabi sayyor qabullar 29-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo'rg'on tumanida, 31-iyul kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida hamda 2-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM