▪️Kadastrda bilimga e’tibor▪️◼️ Xabaringiz bor,
Davlat kadastrlari palatasi kitobxonlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida barcha hududlardagi xodimlar uchun “Mutolaa soati”ni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari Markaziy apparat binosining har bir qavatida kitoblar
burchagi tashkil qilinib, undagi kitoblar muntazam yangilanib borilmoqda.
📚 Kuni kecha esa,
Kadastr agentligi Markaziy apparati
va tizim xodimlari uchun katta yangilik bo‘lgan
“Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi hamda
“Kadastr kutubxonasi”ning
ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi direktorining o'rinbosarlari Allaberganov Atabek Validjanovich, Abdullayev Abdushukur Hamidovich hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazidan mas'ullar qatnashishdi.
➡️ Ramziy lenta kesilib yig‘ilganlar ma’naviy hayotimizda muhim bo‘lgan milliy ornamentlar bilan bezatilgan Ma’naviyat xonasini hamda bir necha minglab sohaviy va badiiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonani ko‘zdan kechirdilar. Qayd etish kerakki, tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlar kutubxonaga a’zolikni qo‘lga kiritishlari mumkin.
#DavKadastrPalata #kadastrda_kutubxonaIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook