DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.4K subscribers
10.7K photos
1.67K videos
1 file
6.38K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ilm yo‘lida katta qadam

🇺🇿 Kuni kecha, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

📎 Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Shuningdek qayd etish muhimki, Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#DavKadastrPalata #hamkorlik #ochilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari jadallik bilan olib borilmoqda


🫥 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida 2024-yilning 8-noyabridan yurtimiz bo'ylab xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

📊 Mazkur jarayonlarga 4 500 ga yaqin xodimlar jalb qilingan bo'lib, hozirda tasdiqlangan reja-jadval asosida 208 ta tumanlarning 579 ta mahallalarida xatlovlar davom etmoqda.

🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

💸 Xabar berganimizdek, kuni kecha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining ochilishi bo‘lib o'tgan edi.

◼️Mazkur yangi hamkorlik aloqalari batafsil yoritilgan lavha "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Filial ochilishi "Toshkent" telekanali nigohida


💠 Xabar berganimizdek, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining ochilishi bo‘lib o'tgan edi.

▶️ Mazkur yangi hamkorlik aloqalari batafsil yoritilgan lavha "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" informatsion dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📃 Yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

◾️Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda korrupsiyaga qarshi tadbirlar

🌟Davlat kadastrlari palatasi va hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan tuman,shahar filiallari xodimlari o'rtasida profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

◼️Xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qonun hujjatlari bilan tanishtirish, shu bilan birga sohada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan bu kabi tadbirlar hafta davomida quyidagi boshqarmalarda tashkil etildi:

▫️Siradaryo viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpo'giston Respublikasi

➡️Bundan avval mazkur yo‘nalishda 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot bergan edik.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2025 yil, 20-24- yanvarda  jami  1 483 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

26-yanvar - Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Bugun, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati xodimlarining kasb bayrami bo‘lib, bu sana xalqaro bojxona kuni sifatida ham keng nishonlanadi.

🇺🇿 Bojxona tizimi nafaqat davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi, balki xalqaro savdoning xavfsiz va erkin rivojlanishini ham ta'minlaydi.

🇺🇿 Milliy xavfsizlikni mustahkamlashda, noqonuniy tovarlar va zararli moddalarni kirib kelishining oldini olishda soha vakillarining fidokorona mehnatlari beqiyos rol o‘ynaydi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha bojxona xizmati organlari xodimlarini kasb bayramlari munosabati bilan samimiy qutlaydi. Yurtimizning rivoji, xavfsizligi va taraqqiyoti yo'lida olib borayotgan faoliyatingizda shijoat, omad zafarlar hamisha yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

💠 Unga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

🔹ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

☯️ Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

👔 “UZКAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

👔 Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlari boʻyicha 2024 yil maʼlumotlari


◼️◾️▪️ Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Davlat kadastrlari palatasining xizmatlari aholiga offlayn va onlayn tarzda ko‘rsatib kelinmoqda.

☯️ Oʻtgan 2024-yilda kadastr xizmatlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, xizmatlar boʻyicha hisobotlar bilan mazkur infografikalar orqali tanishishingiz mumkin.

Eʼtibor qiling! Uzkad tizimiga butun respublika koʻchmas mulklarini olib oʻtish jarayoni murakkab ekanligini va raqamlashtirish jarayonlari bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi haqida avval ham xabar berganmiz.

#DavKadastrPalata #Uzkad #xisobot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM