DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Integratsiya qilinmoqda▫️

🔷Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-son qarori asosida Davlat kadastrlari palatasining “O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 yanvar holatiga Milliy Yer hisobotini tuzish to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘i mavjud. Ushbu buyruq bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔷Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Davlat Yer kadastrini yuritish bo‘limi tomonidan barcha viloyatlardagi yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni, har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi hamda ijarachi, yer uchastkasi mulkdorlari kesimidagi asoslangan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda. Yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va “UZKAD” dasturiga integratsiya qilish ishlari jadallashtirilgan tarzda tashkil qilingan.

#DavKadastrPalata #yer_fondi #uzkad #integratsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Elektron tizimlarni integratsiya qilish▫️

🔷 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Ko‘chmas mulk ob’ektlariga ipoteka shartnomasini davlat ro'yxatidan o‘tkazish masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda agentlik huquqshunosi hamda boshqarmalar boshliqlari qatnashib yuqoridagi va boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.

🔷 Shuningdek, elektron tizimlarni integratsiya qilish, ko‘chmas mulk ob’ekti xaqidagi kadastr ma’lumotlarini to‘lov asosida taqdim etilishi masalalari yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar ham tahlil etildi.

#DavKadastrPalata #ko_chmas_mulk #integratsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |