DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

⚜️ Ushbu qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

▫️yer uchastkalariga;
▫️binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
▫️ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
▫️mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Batafsil➡️https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12791

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Aniqlangan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari va ko‘rilgan choralar” va "Hududiy boshqarma tomonidan 2022-yil 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan jurnalist va blogerlarga ma’lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

♻️ Ushbu qonunning ahamiyatli jihatlari mazkur infografikalarda berilgan.

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Ma'lumot o'rnida🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 803 - Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)ning ayrim qismlari boyicha Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S. Abdurazzoqov ma'lumot beradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

♻️ Kadastr yig'majildini shakllantirish uchun ushbular asos bo'ladi👆

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Hududiy yangiliklar🔹

⚪️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi 2023-yil davomida bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Prokurorlarga sudda ishtirok etish majburiyati qo'yilmoqda▪️

⚜️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Sudlarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

⚖️ Bugungi kunda sudlar tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishdagi muammolarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar bilan bog'liq ishlarda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini belgilash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni uzoq muddatli ijaraga berish majburiyatini yuklash haqida qarorlar qabul qilinayotgani aniqlanmoqda.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📃 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

👔 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

⚖️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️"Korobka" holatidagi uy-joylar uchun subsidiya ajratiladi▪️

◼️ Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berilgan.

2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida begonalashtirilganda, qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️E’tibor qarating !

📃 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligini ma’lum qilamiz.

👔 Qarzdorliklarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatilarida kuzatilmoqda. Sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, fuqaro va tadbirkorlardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda faollik sezilmayapti.

❗️Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalaga oshirishlarini so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿


📃 Qoraqalpogʻistonda davlat mulk obyektlarini investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan davlat mulklar obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Nizomda:

▪️ommaviy savdoga chiqarilgan davlat mulk obyektlari uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, ularni “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi ;

▪️ tanlovda sotiladigan davlat mulklar obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari miqdorini aniqlash tartibi;

▪️tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulklar obyektlarini sotish boʻyicha oldi -sotdı shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ommaviy savdolarda uch oy davomida sotilmagan davlat mulk obyektlari boʻyicha investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilagan holda, “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlovga chiqaradi.

◼️ Davlat mulk obyektlari savdoga chiqarilgan kundan boshlan ikki oy davomida sotilmagan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi tomonidan ularga investitsiya kiritish majburiyatlari belgilanadi.

◼️ Ommaviy savdolarda uch oy muddatda sotilmagan davlat mulk obyektlarining tanlov shartlari belgilanguniga qadar ularning savdolari davom ettiriladi.

👉 Qaror nizomi

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM