DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.5K subscribers
10.9K photos
1.72K videos
1 file
6.5K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️22-dekabr – Energetika xodimlari kuni!▪️

⚡️Energetika xodimlarining kasb faoliyati va istiqboldagi rejalariga muvaffaqiyat doimo hamroh bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun yurtimizda "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”.

🇺🇿 Vatanimiz himoyasi, sarhadlarimiz daxlsizligi, chegaralarimiz mustahkamligiyu, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti baquvvat, qat’iyatli va jasur o‘g‘lonlarning himoyasida ekanligi faxrlanishga arziydi.
Insoniyatning barcha eng yuksak va kuchli tomonlarini jamlagan holda, sizning yakdilligingiz, bir so’zliligingiz va ishonchli suyanch hamda tirgakligingizni hamisha qadrlaymiz!

Siz bizning faxrimiz, ishongan tog’imizsiz. Zero, siz borsizki, biz tinch va musaffo osmon ostida yashamoqdamiz.

🇺🇿 Yuragingiz hamisha vatan ishqida yonib yashasin!

🌟 Davlat kadastrlari palatasi sizni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etgan holda, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda zafarlar va oilaviy baxt-saodat tilab qoladi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Vatan himoyachilariga madh⚜️

🇺🇿Yigit omon bo‘lsa xavf-u xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat.
Og'irimiz yengil qilib doimo
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz!

Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning mard oʻgʻlonlari!

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun, O‘zbek tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kuniga 582 yil to‘ldi.

💰 Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.

💰Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.

💰Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.

“Badoyeʼ ul-vasat” devonidan misralar.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Bugun, 14-fevral O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi.

🔤Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni g'urbatda kishi.
Ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi hech,
G'urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.

Zahiriddin Muhammad Bobur

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️21-fevral - Xalqaro ona tili kuni▪️

🌱 Ushbu sana 2001-yildan buyon Xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.

📃 Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔Bahorning ilk kuni🤔

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸
Zulfiya

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni

🌍 Maʼlumki, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 15-mart “Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni” deb eʼlon qilingan. Dunyoning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi mamlakatimizda ham mazkur sana O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan boshlab nishonlanib kelinmoqda.

🇺🇿 Bugun mamlakatimizda har bir iste'molchi huquqi chin ma'noda qonun himoyasida. Iste’molchilarning mahsulot yoki xizmat haqida ma’lumot olish, uning sifati va xavfsizligiga ishonch hosil qilish, mahsulot (xizmat)ni tanlash hamda unga o‘zgartirish kiritish kabi huquqlarga ega. Respublikamizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) va iste’molchi manfaatlari bir-biriga zid kelganda ustunlik iste’molchi tomonida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi har doim haq.

▶️ Iste'molchi sifatida huquqingiz poymol bo'lgan taqdirda mazkur tarmoqlar orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz:

📞 1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Butunjahon suv resurslari kuni▪️

Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda 'Butunjahon suv resurslari kuni' deb e’lon qilingan.

💧 Aslida suv – hayot manbai. Olamning borligi ham suv tufayli. Sir emas, kurrai zaminimizning 70 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, uning 97,5 foizi sho‘r suv, ya’ni foydalanishga yaroqsiz. Qolgan 2,5 foiz chuchuk suv zaxiralarining qariyb 68,7 foizi muzliklar hissasiga to‘g‘ri kelishi ham suv naqadar bebaho va tanqis ne’mat ekanligidan dalolat beradi.

💦 Shunday ekan, 22-mart suv resurslari kuniga bag'ishlanishidan maqsad, hayot mavjudligi, yerdagi taraqqiyot suvga ham bog‘liq ekanini insoniyatga eslatish, bu borada bong urishdir.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bugun xalqaro teatr kuni▪️

🎭 27-Mart kuni butun dunyo Xalqaro Teatr Kunini – teatr san’ati xodimlari kasb bayrami sifatida nishonlaydi.

🪩 Xalqaro teatr kuni Vena shahrida YuNESKO xuzuridagi Xalqaro teatr institutining 1961 yildagi IX kongressida tashkil etilgan.

🇺🇿 Yurtimizda ushbu san’at yo‘nalishiga alohida e’tibor va hurmat bilan qaraladi. Yillar kesimida teatrlar sonining oshib borishi ham buning yaqqol dalilidir:

▪️2000 yilda - 40 ta;
▪️2010 yilda - 42 ta;
▪️2022 yilda - 50 ta.

▫️ Хususiy teatr studiyalari mazkur raqamlarda ko‘rsatilmagan.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️15-may - "Butunjahon oila kuni"▪️

👨‍👩‍👧‍👦 Inson o‘z umrini o‘tkazadigan, orzu-umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan – oilaning mustahkam bo‘lishiga bog'liqdir.

🌀 Oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdiriladi. Oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-ona va farzandlarning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM