🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun
e'lon qilgandi. 📃 Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda. Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.
✅ Loyiha 2025-yil
22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus
uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.
#DavKadastrPalata #uzbekistan2030Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter