DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

⚜️ Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirmaslik

▫️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
67-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️422 ta Hukumat qarori bekor qilindi ▫️

🔲 “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022 y.) bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

🔲 O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

📌 Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

⚜️Yer berish tartibini buzish

◻️ Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer va dehqon xo'jaligini yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko'rsatish, jamoa bog'dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to'sqinlik qilish, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
66-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Tokzorlar uchun yerlar ijaraga beriladi▫️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar va uzumchilik uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

⚜️ Ochiq tanlovga yerlar dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1–30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Ochiqlik siyosatini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi▫️

⚜️“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–786-son, 03.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

⚜️ Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

⚜️Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

◻️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi                                        Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi▫️

⚜️ “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 04.08.2022 y.) qabul qilindi.

2022 yil 1 noyabrdan:
▫️ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;
▫️uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;
▫️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

⚜️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Taqiqdagi mol-mulk ma’lumotlar banki▫️

⚜️ Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📧Elektron ma’lumotlar bankiga kiritishda:
• jismoniy shaxsga va avtomototransport vositalariga oid ma’lumotlar – IIV;
• yuridik shaxsga oid ma’lumotlar – Adliya vazirligi;
ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlar – Kadastr agentligi;
• qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga oid ma’lumotlar – Agrosanoat majmui inspeksiyasi;
• attraksionlar va ko‘tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma’lumotlar – Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi;
• kemalarga oid ma’lumotlar – Transport vazirligi;
• kichik hajmli kemalarga oid ma’lumotlar – FVV Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish

⚜️ Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi, 68-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Moddiy madaniy meros obyektlarini xo‘jasizlarcha saqlash

⚜️ Agar mulkdor o‘ziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lsa va uning but saqlanishini ta’minlamasa, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishni to‘xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da’vosiga ko‘ra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros ob’ekti davlat mulkiga o‘tadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqidagi da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 190-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Prezidentning “Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

⚜️ Hujjatga ko‘ra:

foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:
🔹 mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
🔹 soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi;

2022 yil 1 iyuldan mazkur farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalari kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli ob’ekt mulkdorlariga qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube