DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Qaror mohiyati o‘rganildi▫️

⚜️ Vazirlar Mahkamasining 14 fevraldagi 71-sonli qarori bilan, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun asosida 3ta tartib ishlab chiqildi:

▫️ Jismoniy va yuridik shaxslarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi;
▫️ tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish;
▫️ yakka tartibdagi uy-joylarning yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotib olish.

⚜️ Mazkur qarorning tartiblarini tushuntirish bo‘yicha bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tizimi mutahassislari uchun o‘tkazilgan huquqiy bilim darsida markaziy apparatning qator bo‘limlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔲O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Huquqiy bilimlar oshirilmoqda▫️

◻️ An’anaga ko‘ra, haftaning juma kuni Davlat kadastrlari palatasida huquqiy bilimlar soati tashkil etildi.

◻️ Mazkur uchrashuvda “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1060-son qarorining e’tibor qaratish muhim bo‘lgan jihatlari o‘rganib chiqildi.

◻️ Qarorning 8ta bobi, Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidagi ahamiyatli tomonlari tahlil etildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy bilimlar oshirilmoqda▫️

🔷 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

🔷 Navbatdagi yig‘ilishda “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 535-son qarorining mazmun va mohiyati yig‘ilganlarga yana bir bor tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Manzillar yagona reestrini shakllantirish▫️

💠 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

💠 Navbatdagi yig‘ilishda “Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarorining mazmun va mohiyati yig‘ilganlarga yana bir bor tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
💠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Davlat yer kadastri yuritilishi tartibi▫️

🔷 Sizga ma'lum har hafta, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

🔷 Navbatdagi yig‘ilish “Davlat yer kadastri yuritilishi tartibi” mavzusiga bag'ishlandi. Unda tartibning mohiyati, yerning toifalari chegaralari qanday yuritilishi Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi tomonidan yig‘ilganlarga tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Xususiylashtirish tartiblari bo’yicha▫️

🔷 Ma’lumki har hafta, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

🔷 Kuni kecha o'tkazilgan navbatdagi yig‘ilish O‘zbekiston Resupblikasi Vazirlar mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora tadbirlari haqidagi” 71-sonli qarorning ilovalarini tahlil etishga bag‘ishlandi.

🔷 Markaziy apparatning Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish bo'limi mazkur yo‘nalishda ahamiyat qaratish muhim bo‘lgan jihatlarni ta’kidlab o‘tdilar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Tashkilotning tashkiliy - huquqiy shakli ▫️

🔘 Xabaringiz bor, har hafta, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinmoqda.

🔘 Bugun o'tkazilgan navbatdagi yig‘ilish Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati, Palataning tashkiliy-huquqiy shakli, uning tizim tashkilotlari faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari tahliliga bag‘ishlandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yerlar degradatsiyasiga qarshi▫️

◻️ Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament tashkil etildi.

◻️“Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–277-son, 10.06.2022 y.) qabul qilindi.

◻️ Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

#DavKadastrPalata #info #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Aholi murojaatlari tahlili🔹

💠 Ma'lumki, har hafta Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soati tashkil etilib kelinmoqda.

💠 Navbatdagi yig'ilish "Kadastr sohasida aholi murojaatlari, undagi dolzarb muammolar va ularni hal qilish yo'llari" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda Tashkiliy nazorat va tahlil bo'limi faoliyati, tuzilishi va nizomi haqida yana bir bor ma'lumot berilib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o'rganishga doir duch kelinishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni bartaraf etish borasida yig'ilganlarga atroflicha tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

🔶 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida Davlatimiz rahbarining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan o’quv-seminar o'tkazildi.

🔶 Unda, Davlat yer kadastrini yuritish bo’limi boshlig’i F.Niyozov mazkur qaror mazmun mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

🔶 Davlat kadastrlari palatasidaYer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar yuzasidan o’quv-seminar o'tkazildi.

🔶 Unda, Ko‘chmas mulk huquqlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov mazkur qonun mazmun mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Kadastrga oid davlat xizmatlari▫️

🔷 Jismoniy shaxslarning turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalar olish xizmati boyicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️ Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida, Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan o’quv-seminar o'tkazildi.

◻️ Unda, Kadastr muxandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i X.Ahmedov mazkur qaror mazmun mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasida "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarorining "Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi" to‘g‘risida o’quv-seminar tashkil etildi.

◻️ Unda, Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Sh.Shomansurov mazkur tartib mazmun-mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️Bugun, Davlat kadastrlari palatasida "Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi Vazirlar Mahkamasining 389-son qarori bo'yicha huquqiy dars soati tashkil etildi.

◻️Unda Rejalashtirish va iqtisodiy tahlil bo'limi mutaxassisi B.Ishmirzayev mazkur qarorning mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlar uchun seminar▫️

◻️ Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Vazirlar Mahkamasining 389, 535 hamda 1060-sonli qarorlari va unga kiritilgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar, yaqinda Oliy Majlis va Senat tomonidan ma'qullangan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv seminar tashkil etildi.

◻️ Palataning hududiy boshqarmalari xodimlari bilan Zoom platformasi orqali jonli muloqot tarzida bo'lib o'tgan ushbu seminarda Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi boshlig’i S. Abdurazzoqov tomonidan mazkur qarorlar mohiyati, sohaga oid o‘zgarishlar, yangi qabul qilingan qonun-qoidalar to'g'risida atroflicha ma'lumot berib o'tildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube