DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON KADASTR
#Farmon_ijrosi #Andijon_viloyati #seminar #Davlat_tili

Davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo'yicha amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida “O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda Kadastr agentligining 2021-yil 6-avgust kungi 244-23-sonli buyrug'ini ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha amaliy o‘quv-seminari bo‘lib oʼtdi.

O'quv seminar yakunida mutaxassislar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #davlat_tili #marafon

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

🏃Joriy yilning 25-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Davlat Soliq Qo‘mitasi tashabbusi bilan o'tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” mavzusida “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam” deb nomlangan marafonda Kadastr agentligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

♦️Ushbu marafon ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlanish departamenti, Davlat Soliq Qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi,Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashdi.

🔹Bundan ko‘zlangan maqsad, ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni oshirish, uni asrab avaylashdek ezgu tuyg‘ularni mujassam qilish bilan birga xodimlarining ahilligi va sog‘lom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan e’tibordir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Davlat_tili #Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

21 oktabr O'zbek
tili Davlat tili deb e'lon qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi barcha hamyurtlarimizni muborakbod etadi.
🔸Davlat tilida ish yuritish🔸

⚪️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasida xodimlarning o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

⚪️ O‘quv va malaka oshirish kurslarida xodimlarning yozma va og‘zaki savodxonligi, o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratini oshirib borish bo‘yicha bilimlar berilmoqda.

⚪️ O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb etilgan mazkur o‘quv jarayoni 10 kun davom etishi ko‘zda tutilgan. O‘quv kursi jarayonlari va yakunlari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Til – millat ko‘zgusi🔹

⚜️ 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚜️ Tizim xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetidan vakillar taklif etildilar. So‘zga chiqqanlar buyuk qadriyatimiz ko‘zgusi, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili, uning bugungi kundagi ahamiyati va taraqqiyoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

⚜️ Shuningdek, tadbirga monand tarzda Markaziy apparatda tashkil etilgan “Davlat tilida ish yurtilishi” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikatlar ham topshirildi.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿 Til — davlat timsoli, mulki.

🇺🇿 Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⚜️Ona tilim – onam tili, qadri – osmon,
G‘ururimsan, sururimsan otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan – jon tomirim,
Asragayman ko‘zim nuri – bolamdayin!

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube