DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Ma’lumotni tizimga kiritishda xatolikka yo‘l qo‘yilmaydi🔹

◻️ Obyektlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ayrim hududiy soha xodimlari tomonidan ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilganligi, tizimda xatolarni keltirib chiqarganini ko‘rsatdi.

◻️ Kuni kecha mazkur kamchiliklarni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida respublikadagi boshqarma boshliqlari hamda tuman (shahar) filiallardagi mas’ullar ishtirokida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

◻️ Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchiliklar birma-bir ko‘rib chiqildi, tahlil qilindi. Unga ko‘ra, Respublikaning deyarli barcha hududlari bo‘yicha 42 nafar xodimlarga “Hayfsan”, 5 nafariga “Ogohlantirish” hamda 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklarsiz topshiriqlarni ta’minlagan 10 nafar tizim xodimlari rag‘batlantiriladigan bo‘ldi.

◻️ Ushbu choralar xodimlarning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishlari zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, fuqarolarning murojaatlari, ularning kadastrga tushgan ishlarini o‘z vaqtida, namunali tarzda bajarib berilishini ta’minlash asosiy vazifa ekanligi yig‘ilishda alohida ta’kidlandi.

#DavKadastrPalata #yig_ilish #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Masʼullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi▫️

🔳Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Markaziy apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari hamda palataning hududiy viloyat, tuman va shahar filiallari boshliqlari, kadastr muhandislari, arxivariuslar ishtirokida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔳 Yig‘ilishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yakka tartibdagi ko‘chmas mulklar xatlovi va ularni UzKAD tizimiga kiritishda yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha hududiy boshqarma xodimlarining kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil etildi. Respublika bo‘yicha 50ga yaqin xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinib, 200 dan oshiq kadastr xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

⚡️Tez orada to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #tahlil #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Masʼullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi▫️ 🔳Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Markaziy apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari hamda palataning hududiy viloyat, tuman va shahar filiallari boshliqlari, kadastr muhandislari, arxivariuslar…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat mutasaddilari, bo‘lim boshliqlari hamda palataning hududiy viloyat, tuman va shahar filiallari xodimlari ishtirokidagi o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari mazkur videolavhada.

#DavKadastrPalata #tahlil #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube