DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🫥 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari

◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo‘lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.

📃 Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud bo‘lganda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uch ish kuniga to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmati joriy qilindi


Endilikda yuridik shaxslar o'rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, bu bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar kompozit tarzda ko'rsatiladi.

Kompozit xizmat qanday ishlaydi?
📌 Yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali tuziladi.

📌 Bir vaqtning o‘zida barcha jarayonlar amalga oshiriladi:
Tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.

📌 Shaxsni tasdiqlash oson va qulay
Arizachilarni identifikatsiya qilish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Ushbu jarayon Face-ID tizimi orqali amalga oshiriladi.

◾️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fermerlarning
ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi qonuniy mustahkamlandi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 973-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun hujjatlariga tegishli tartibda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) oid modda va to'ldirishlar kiritildi.

◼️ Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqiga ega bo‘ldi.

◼️ Endi fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlariga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar asosida oldi-sotdi va hadya qilishlari, ayirboshlashlari, renta haqi to‘lanishi sharti bilan berishlari hamda notarial tasdiqlangan guvohnoma asosida meros qilib olishlari, bundan tashqari yuridik shaxslarning ustav fondiga ulush sifatida kiritishlari mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM