🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ijro intizomiga rioya etilmaslikka keskin chora
◼️Faoliyatga yondoshuvda mas’uliyatsizlikka nisbatan tezkor
chora ko‘rilmasa, bu – ish sur’atining pasayishiga olib kelishi mumkin.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda bajarilayotgan ishlar tahlili olib boriladi. O‘z navbatida monitoring natijalari haqqoniy ravishda ko‘rib chiqiladi. Albatta, tizimda yutuqli faoliyati bilan ko‘pgina xodimlar muntazam
rag‘batlantiriladi, e’tirof etiladi. Biroq, kamchilik va xatolar ham yuzaga kelmoqdaki, ularga yo‘l qo‘ygan, bir qancha ogohlantirilishga qaramay ijro intizomiga rioya etmagan xodimlarga nisbatan
choralar ham ko‘rishga majbur bo‘linmoqda. Zero, rahbariyat topshirig‘ida aholi murojaatlarini vaqtida ko‘rib chiqilishi va imkon qadar ijobiy hal etilishiga oid masalalar turganda uni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik xodimga yuklatilgan asosiy vazifani bajarmaslikka kiradi. Ijro intizomining to‘liq amal qilinishi negizida ham asli shu yotadi.
◼️ 2023-yil avgust oyi tahlillariga ko‘ra, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan, ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan, samaradorlikni baxolashda past natija ko‘rsatgani sababli Markaziy apparatning
ikki nafar boshqarma va bo‘lim boshlig‘iga nisbatan
hayfsan intizomiy chorasi rasmiylashtirilib, yil oxiriga qadar
moddiy rag‘batlantirishdan mahrum etildilar. Bir qator bo‘lim va boshqarma boshliqlari
ogohlantirish oldilar.
❕ Mazkur choralar ijro intizomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan boshqarma va bo‘lim xodimlarini yanada sergak bo‘lishga chaqirdi. Endilikda, ish sur’atini yanada oshirish, hududiy boshqarmalar bilan ishlashda berilgan vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash hamda olinadigan ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, tahlil qilishda yanada hushor bo‘lish,
eng avvalo ijro intizomiga rioya qilish har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligini unutmaslik lozim.
#DavKadastrPalata #tahlil #choraIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter