DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi▫️

🔷 Prezident raisligida
sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta koʻrib chiqilib, byurokratiyadan holi yangi tizim yaratilishi taʼkidlandi.

Jumladan:

▫️ erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar vazirligiga oʻtkaziladi;
▫️ sanoat zonalari boʻyicha maʼmuriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi;
▫️ sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qoʻllash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi.

🔷 Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qoʻmitasi amalga oshiradi;

▫️ sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qoʻyiladi);
▫️ investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi, deyiladi rasmiy xabarda.

#DavKadastrPalata #sanoat_zonalari #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube