DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
24.2K subscribers
12K photos
1.9K videos
1 file
7.03K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#9_may #Xotira_va_qadrlash_kuni #Xotira_abadiy

Davlat kadastrlari palatasi
9 may “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etadi.

Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g‘alabani ta’minlashda yurtdoshlarimizning ham jasorat va xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Jangu jadallarda jon olib-jon bergan minglab o‘zbek o‘g‘lonlari, front ortida tunni tongga ulab mehnat qilgan, rizq-u nasibasini o‘zgalar bilan baham ko‘rgan mehri daryo vatandoshlarimiz matonati va fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Faxriylariga ehtirom

🇺🇿 9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston “VETERAN” jangchi faxriylar va jangovor xarakatlar nogironlari birlashmasi aʼzolari uchun, bugun Davlat kadastrlari palatasi ushbu birlashma bilan hamkorlikdagi xayriya tadbirini o'tkazdi.

🎗Ushbu tadbir, avvalo, yurtimiz tinchligi, mustaqilligi va xavfsizligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasini yod etish, urush va jangovor harakatlarda faol ishtirok etgan faxriylarning qilgan beqiyos xizmatlarini qadrlash maqsadida tashkil etildi.

◼️Tadbirda jangovor harakatlari chog‘ida oyog‘i yoki qo‘lidan ajragan jangchi faxriylar va ularning farzandlari, vatan himoyasida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlarimizning onalari, jangchi ayollar, umumiy qilib aytganda 200 dan oshiq faxriylar uchun yozilgan dasturxonda hurmat va ehtiromga boy bo'lgan samimiy suhbat qurildi.

➡️ Ushbu tadbir — Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilganlar xotirasini ulug‘lash, faxriylarimizning hayot yo‘liga bosh egish va yosh avlod ongida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

#DavKadastrPalata #9_may

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1