DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Live

🌀 Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлисида “Ер участкаларини ажратиш ва улардан фойдаланиш тартиби такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Ер кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси депутатлар томонидан биринчи ўқишда кўриб чиқилди.

👉 Лойиҳада туманлар, шаҳарлар давлат ҳокимияти органларининг эгалик қилишга, фойдаланишга ва ижарага ер бериш, ер участкаларини савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси объектлари билан биргаликда юридик ва жисмоний шахсларга мулк этиб реализация қилиш ҳамда ер участкаларига мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқини ким ошди савдоси асосида фуқароларга реализация қилиш каби ваколатлари бекор қилинмоқда.

👉 Қонун лойиҳасида ер участкасини шартнома асосида ижарага бериш учун асос бўлувчи ҳолатлар ва ижарага бериш муддатлари аниқ белгилаб берилмоқда. Шунингдек, лойиҳада қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаган ва унда ноқонуний қурилган иморатлар архитектура ва қурилиш нормалари ҳамда қоидаларига мувофиқ келган тақдирда ушбу ер участкасининг бозор қиймати икки карра оширилган миқдорда тўланган ҳолда мазкур ер участкасига бўлган ҳуқуқ белгиланган тартибда расмийлаштириб берилиши мумкинлиги тўғрисидаги қоида киритилмоқда.

👉 Лойиҳа билан ер участкаларини ажратиш ва улардан оқилона фойдаланиш устидан давлат ва жамоатчилик назоратини ўрнатишнинг янги механизми жорий этилмоқда. Хусусан, бўш турган ер участкаларини ажратиш устидан давлат назоратини амалга ошириш Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги ва унинг ҳудудий бўлинмалари, прокуратура, адлия органлари ва ҳокимликлар томонидан амалга оширилади. Шу билан бирга, фуқаролар, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари, оммавий ахборот воситалари ҳамда нодавлат нотижорат ташкилотлари томонидан жамоатчилик назорати ўрнатилади.

☝️ Мажлисда қонун лойиҳаси биринчи ўқишда концептуал жиҳатдан қабул қилинди.

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Milliy matbuot markazida matbuot anjumani ▫️

◻️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumani
:

▪️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (2022 yil 14 fevral) mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi boshlandi.

⚡️ Tantanali boshlangan mazkur shou dasturimizni onlayn - Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimiz oraqli kuzating:

Telegram

Facebook

Instagram

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi qizg'in davom etmoqda.

Bayram jarayoni haqida "Toshkent" telekanalida jonli efirni kuzating.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Kadastr so'zi qaysi tildan olingan?

💬 Shu kabi qiziqarli savollarga javob topayotgan topag'on ishtirokchilar sovg'alarga ega bo‘lishmoqda.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️ Qiziqarli chiqishlar yig'ilgan tomoshabinlarni yomg'ir boshlangan bo'lishiga qaramay jalb qilishda davom etmoqda.

⚡️ Taasurotlar juda keng. Bizni kuzatishda davom eting...

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

◻️ Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

◻️Jizzax viloyatining Zarbdor tumani aholisi uchun esa sayyor qabul joriy yilning 31 mart kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.

Eslatma:
Respublikamizning  barcha hududlarida bu kabi sayyor qabullar jadval asosida o‘tkazilib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududlarda sayyor qabul kunlari▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

⚡️ Ayni dam, Andijon viloyati Andijon tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi 12-may 2022 yil soat 10-00 dan Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari bilan;

🔹14-may kuni soat 11:00 dan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️"Korrupsiyaga qarshi kurashda" ▫️

◻️ Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida esa qator choralar ko'rilmoqda.

◻️ Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikrlar olg'a surildi:

▪️ Samarqand viloyati
▪️ Surxondaryo viloyati
▪️ Farg'ona viloyati
▪️ Andijon viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️ Buxoro viloyati
▪️ Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Hududlardagi sayyor qabullar▫️

◻️ Kadastr sohasida fuqarolar murojaati hamda ularning hal etilishiga alohida e'tibor qaratilib, bu masalaga tizimli yondashilgan. Respublikamizning barcha viloyatlarida jadval asosida sayyor qabullar o'tkazilib kelinmoqda.

⚡️ Ayni dam, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 25-may 2022 yil soat 10:00 dan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tuman filialida boshqarma boshliqlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda sayyor qabullar▫️

◻️ Fuqarolarning fikrlari va murojaatlarini tinglash va ularga joyida, zarur yechim topish hozirgi kunda har qanday sohada ustuvor vazifa sanaladi. Shu jumladan, kadastr sohasi mutasaddilari tomonidan ham ushbu vazifa doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

26-may kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

27-may kuni xuddi shunday sayyor qabul mutasaddilar ishtirokida Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida hamda Toshkent shahrining Yunusobod tumanlarida o'tkazildi.

28-may kuni esa, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida va Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida sayyor qabullar o'tkazildi.

◻️ Mazkur sayyor qabullarda fuqarolar murojaatlari tinglanib, tegishli masalalarni tegishli ijrosi bajarilishi nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube