DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus oquv seminari tashkil etildi.

Mazkur oquv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #O_quv_seminari

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi “Ko`chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasida mas’ul mutaxassislarga 2021 yil 14 avgust kuni zoom platformasida oquv kursi tashkil etildi.

Ushbu o'quv kursda “Ko`chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasida noturar obyektlarga yer uchastkasini ajratish to`g`risidagi huquqiy hujjatlar sanasidan keyin kiritilgan hollarda ko`chmas mulk obyektida yangi holat yaratilib soliq to`lash majburiyati yuzaga kelgan sanasini kiritgan holda ma’lumotlarni yangilash hamda xonadonlarga uzviy bog`liq bo`lgan avtomashinalar turar joylarini belgilab kiritish haqida qo'shimcha ma'lumotlar berildi.
🔷O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotini tuzish to‘g‘risida”gi Davlat kadastrlari palatasi raisining 187-sonli buyrug‘i mavjud. Uning ijrosini o‘z muddatida, sifatli ta’minlash maqsadida hududiy boshqarmalarda oquv seminarlari tashkil etilmoqda.

🔷01.01.2022 yil holatiga Milliy Yer xisobotini tuzish, xisobotni shakllantirish” kabi mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan oquv seminarida ZOOM platformasi orqali Respublikamizning barcha viloyatlaridan tizim mutahassislari qatnashishmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari #yerga_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
▪️Huquqiy seminar▪️

⚖️ Davlat kadastrlari palatasi «Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan huquqiy-o'quv seminari o’tkazildi.

◻️ Unda, Markaziy apparat boshqarmalari va bo’limlarning boshliqlari ishtirok etdilar.

◻️ O’zbekiston Respulikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadatr agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari mazkur seminarda keng tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Bilim tajriba bilan mustahkamlanadi▫️

💠 Qancha bilim bo‘lgani bilan ish jarayonida, ish muhitida tajriba oshirish muhim sanaladi. Shu boisdan Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududlardagi boshqarmalar, ulardagi filiallarga yangi ishga kelgan muhandislarni bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida muntazam oquv seminarlarini tashkil qilib keladi.

💠 Malakali mutaxassislar bu gal Sirdaryo viloyati boshqarmasining 10 nafar kadastr muhandislariga qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda faoliyat davomida e’tibor qaratish muhim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha bilim berdilar.

💠 5 kun davomida olgan bilimlarini keyinchalik o‘z xududlarida hamkasblariga ham o‘rgatishlari ko‘zda tutilgan bu kabi oquv seminarlari boshqa viloyat boshqarmalari uchun ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari #Sirdaryo

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro sertifikat talablari doirasida


📃 Xabaringiz bor, 2023-yil so‘nggida Davlat kadastrlari palatasi ikki yo‘nalishda ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritgandi. Mazkur halqaro sertifikatga doimo munosib bo‘lish uchun muntazam amaliy va tahliliy ishlar olib borilmoqda.

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ushbu xalqaro sertifikatlar talablari doirasida «ISO 9001:2015 Talablari bo‘yicha sifat menedjmenti tizimining tahlili” mavzusida oquv seminarlari boshlandi.

Ushbu seminarda markaziy apparatning boshqarma va bo‘lim rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etib, xujjatlar yuritishda, xizmat sifatini yuqori darajada ushlab turishda nimalarga ahamiyatli bo‘lish lozimligi bo'yicha va yana shu kabi bir qancha mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

#DavKadastrPalata #ISO #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy
mutaxassislar uchun o'quv seminari

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mutaxassislari tomonidan "Yer uchastkasi va mulkka bo‘lgan huquqlarni belgilash" tartiblari bo'yicha oquv seminari o‘tkazildi.

🫥 Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha viloyatlaridan qatnashgan kadastr mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, onlayn yig‘ilish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

◼️ Qayd etish kerakki, bu kabi huquqiy bilim soatlari tizimda muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar va odob-axloq masalalari

🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali oquv seminari tashkil etildi.

📃 Dastlab oquv seminarida O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati ishtirokchilarga to'liq tushuntirib berildi.

◾️Shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida odob-ahloq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi mavzularda qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ta'kidlab o'tildi. Yig'ilganlarning bu boradagi hayotiy mulohazalari bo'yicha fikrlari tinglandi.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM