DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#xalqaro_hamkorlik ЖАҲОН БАНКИ КАДАСТРДА

💠"Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш" лойиҳаси доирасида Жаҳон банкининг ер ва геофазовий аспектлар бўйича глобал лидери, катта техник маслаҳатчи Ваел Закут бошчилигидаги делегация Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаларига ташриф буюрди.

💠Ушбу ташриф доирасида Бошқармалар фаолияти билан танишилди. Айни дам, кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказишни интеграциялаштирилган ахборот тизимининг ишлаши бўйича ўрганиш ишлари давом этмоқда.

💠Куни кеча бошланган ташриф бўйича батафсил яна маълумот берамиз.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг
👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚜️Xabaringiz bor, kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiev rahbarligida Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlovda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

⚜️Bugun, palatasi raisi Andijon viloyati Asaka tumanidagi bir necha mahallalarda bo‘ldi. Jumladan, “Ulug‘bek” mahallasida xatlov jarayonlarida qatnashib, maxalla raisi va ko‘cha boshilar ishtirokida xududdagi barcha turar-joylarni xatlov qilish, qo‘shimcha qurilishlarni aniqlash, kadastr xujjatlari mavjud bo‘lmagan bino-inshootlarga yig‘majild shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

⚜️Yer maydoni va mulkga egalik xuquqi mavjud bo‘lmaganlarni, muhofaza xududida joylashgan yerlarni va shu kabi qator muammoli vaziyatlarni aniqlagan xolda mahalla raislari, profilaktika noziri xamda mahalla fuqarolari ishtirokida dalolatnoma shakllantirildi. Ularni Halq deputatlari Andijon viloyati kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Президент Шавкат Мирзиёев Истанбул шаҳрига келгач, ўзига ажратилган қароргоҳда Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгаши бош котиби Бағдод Амреевни қабул қилди.
Ташкилот доирасидаги кўп томонлама ҳамкорликнинг долзарб масалалари кўриб чиқилди.
Кенгашга аъзо давлатлар ўртасидаги конструктив мулоқот жадал ривожланаётгани ва амалий ҳамкорлик кенгайиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди.

По прибытии в город Стамбул Президент Шавкат Мирзиёев в отведенной ему резиденции принял генерального секретаря Совета сотрудничества тюркоязычных государств Багдада Амреева.
Рассмотрены актуальные вопросы многостороннего сотрудничества в рамках организации.
С удовлетворением отмечено динамичное развитие конструктивного диалога и расширение практического взаимодействия между государствами-участниками Совета.

#Mirziyoyev #qabul #TurkiyKengash #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№5

#DavKadastrPalata #info #muhofaza_hududi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
⚪️Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon komissiyasi 17-18 noyabr kunlari malaka imtihonlarini oʼtkazishini maʼlum qilamiz.

⚪️Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Mazkur imtihonlar Davlat Kadastrlari palatasi binosida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

🔘Sinov imtihonlari haqida batafsil yana maʼlumot beriladi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Истанбул шаҳрида ўтаётган Туркий кенгаш саммити доирасида Қирғизистон Президенти Садир Жапаров билан учрашув ўтказди.
Давлат раҳбарларининг жорий йил март ойида Тошкентда ўтган учрашуви чоғида эришилган келишувларни амалга ошириш масалалари кўриб чиқилди.
Шунингдек, минтақавий ҳамкорлик, шу жумладан Туркий тилли давлатлар ҳамкорлик кенгаши доирасидаги шерикликнинг долзарб масалалари юзасидан фикр алмашилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев в рамках саммита Тюркского совета в городе Стамбуле провел встречу с Президентом Кыргызской Республики Садыром Жапаровым.
Рассмотрены вопросы практической реализации договоренностей, достигнутых в ходе встречи лидеров наших стран в городе Ташкенте в марте этого года.
Состоялся также обмен мнениями по актуальным вопросам регионального сотрудничества, в том числе в рамках Совета сотрудничества тюркоязычных государств.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔷O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotini tuzish to‘g‘risida”gi Davlat kadastrlari palatasi raisining 187-sonli buyrug‘i mavjud. Uning ijrosini o‘z muddatida, sifatli ta’minlash maqsadida hududiy boshqarmalarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

🔷01.01.2022 yil holatiga Milliy Yer xisobotini tuzish, xisobotni shakllantirish” kabi mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan o‘quv seminarida ZOOM platformasi orqali Respublikamizning barcha viloyatlaridan tizim mutahassislari qatnashishmoqda.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari #yerga_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Xatlov jarayonlari o'rganilmoqda

💠Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiev rahbarligida Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlari nazorati davom etmoqda.

💠Kuni kecha, “Ulug‘bek” mahallasida o‘tkazilgan xatlov jarayonlarida ishni tashkil qilish, hamda noqununiy qurilmalar masalasida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tartibda chora ko’rish bo'yicha ko’rsatmalar berildi.

💠Yerga bo‘lgan munosabatda ziyrak bo‘lish, qonunbuzilish xolatlarining oqibatlari bo‘yicha fuqarolarga muntazam tushuntirish ishlari olib borish lozimligi alohida qayd etildi.

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #yer_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook